Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi o‘z faoliyatidagi eng yorqin uchrashuvi qaysi ekanligini aytdi

Messi o‘z faoliyatidagi eng yorqin uchrashuvi qaysi ekanligini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Darhaqiqat, argentinalik futbolchi mana bir necha yillardan beri butun dunyoni o‘zining fantastic o‘yini bilan hayratda qoldirib kelmoqda. U ishtirokidagi deyarli barcha o‘yinlar futbol muxlislari tomonidan katta bayramdek qabul qilinishi hech kimga sir emas. Xo‘sh Messi uchun eng esda qolarli o‘yinlar qachon va kimga qarshi bo‘lib o‘tgan? Bugun ushbu savolga Leo Messi tomonidan berilgan intervyular orqali javob olishga urunib ko‘ramiz.

Barselonadagi debyut (2004-yil oktyabr)

Yodimda bor, o‘sha uchrashuvda Dekoning o‘rniga maydonga tushgan edim. Albatta, maydonga tushsh oldidan juda asabiylashdim. Bu hayotimdagi eng muhim daqiqalar edi. Men bu daqiqalarni shu qadar kutgan edimki, Deko oldimga kelishidan oldin maydonga tushib ketay dedim. Bunga qadar Frank Reykard qo‘l ostida shug‘ullanishga va jamoadoshlarim bilan yaqindan tanishib olishga ugurgan edim. Aynan shu jihatlar menga debyut uchrashuvimda juda qo‘l keldi. Oradan yillar o‘tib ketgan bo‘lsada, o‘sha uchrashuvni katta hayajon bilan xotirlayman.

Pekin Olimpiyadasi (2008-yil)

Pekin bo‘ylab qilgan sayohatimiz mening faoliyatimdagi eng yoqimli davrlardan biri sifatida yodimda abadiy qolishiga shubham yo‘q. Biz Olimpiyadada nafaqat ishtirok etish, balki yurtimiz uchun oltin medal yutib berishni uddalagan edik. Bu o‘zgacha yoqimli hislar edi. Musobaqa davomida Gollandiya, Nigeriya, Braziliya singari kuchli terma jamoalarni ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratgan edik. Eng muhimi esa, bu butun jahon sport o‘yinlarining bir qismi sifatida olimpiya shaxarchasida boshqa atletlar bilan istiqomat qilish imkonini bergan musobaqa sifatida ham menga o‘zgacha quvonch bag‘ishlagan edi.

«Real Madrid» va 3 ta gol (2007-yil 10-mart)

«Real Madrid» darvozasiga «Kamp Nou»da 3 ta gol kiritgan futbolchini muxlislar abadiy xotirlashadi. O‘ylashimcha, aynan shu gollar tufayli meni «Kamp Nou» eslab qoladi. Het-rik qayd etish doimmo mushkul, lekin bu gollar azaliy raqiblaring darvozasidan joy olsa, bu tamomilao‘zgacha hislarni taqdim etadi.

YECHL g‘olibligi (2015-yil)

YECHL musobaqasi sovrinini boshing uzra ko‘tarish har qanday futbolchi uchun ulkan sharaf. Sen chempionlikni qo‘lga kirtganingda iching quvonchga to‘lib borayotganini chuqur his etasan. Qanday yutuqqa erishganingni anglamay turib hursandchilik seni qamrab oladi. Berlinda bo‘lib o‘tgan finaldan so‘ng, men ham jamoadoshlarim ham trebl qayd etganimiz haqida o‘ylab ham o‘tirmagan ekanmiz. Bunday musobaqalarda har doim ham g‘olib chiqishning iloji yo‘q. bosqichma-bosqich Yevropaning grand klublarini mag‘lubiyatga uchratib boorish talab etiladi. Aynan shu sababli ushbu musobaqa raqobat juda kuchli. Agar sen shunchaki yaxshi o‘yin namoyish etsang, musobaqani tark etasan. G‘olib chiqish uchun hammadan yaxshiroq futbol namoyish etishing shart.

YECHL finalida bosh bilan kiritlgan gol (2009-yil 27-may)

Mening finalda bosh bilan gol kiritishimni tasavvur qilishning o‘zi kulguli tuyular edi. Boz ustiga, oldimda kimsan Rio Ferdinand bor edi. Shunga qaramay, meni hech kim qo‘riqlamadi va to‘p ham to‘g‘ri men tomonga keldi. Shunda nima qilishim kerak bo‘lsa, aynan o‘sha ishni qildim. Xavining to‘p uzatmasi ideal darajada amalga oshirilgan edi. Yaratganga shukurlar bo‘lsinki, o‘sha lahzada men to‘pni darvozaga joylab qo‘yishga muvaffaq bo‘ldim. Bu gol har jabhada juda muhim edi. Mening golim bizga YECHL g‘olibligini deyarli naqt qilib qo‘ygan edi. Men ushbu golni ba’zan tomosha qilib turaman. Tan olish lozim, bu faoliyatim davomida kiritgan gollarim orasida eng yoqtirganim.

2006-yilda bo‘lib o‘tgan YECHL finalini o‘tkazib yuborganimdan so‘ng, men ushbu musobaqaning finalida to‘p surishni juda istagan edim. To‘g‘risi, finalda gol kiritishni orzu ham qilmagan edim. Biz o‘sha mavsumda o‘zimiz ishtirok etgan barcha musobaqada g‘olib chiqishni uddalagan edik.

Manba: Портье Дрогба
Kiritildi: 03:21, 30.10.2019.
O'qildi: 4052 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.