Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Serhio Agueroni hayratda qoldirgan futbolchilar

Serhio Agueroni hayratda qoldirgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizga oid navbatdagi intervyular to‘plamini e’tiboringizga havola etamiz. Bugungi sonda «Manchester Siti» jamoasining tirik afsonasi Serhio Aguero tomonidan e’tirof etilgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Serhio Ramos



Unga qarshi maydonda harakatlanish juda mushkul. Serhio jismonan kuchli va egiluvchan himoyachi. Men unga qarshi bir necha bor to‘p surganim bois, uning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Bilasizmi, hujumchilar uchun muammo tug‘dirishni istagan himoyachilarda 3 ta hislat bo‘lishi lozim. Bular, jangovarlik hissi, o‘yinni o‘qiy olish va o‘z vaqtida qo‘pollik ishlata bilishdir. Serhio ushbu 3 ta hislatga ega zamonaviy futboldagi kam sonli himoyachilardan biri sanaladi.

Diyego Maradona



Butun dunyo uchun Maradona futbol olamidagi eng buyuk shaxs sanaladi. Shuningdek, barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi hamdir. Argentinalik barcha insonlar Maradonnaning vatandoshi ekanligidan faxrlashiga Shubham yo‘q. To‘g‘ri, hozirda bizning aloqalarimiz avvalgi darajada emas, biroq uning futbol maydonida ko‘rsatgan mo‘’jizlari oldida hayratda qolmaslikning iloji yo‘q.

Ronaldinyo



Braziliya va Argentina futboli o‘rtasidagi raqobat bir asrdan beri to‘xtamayotgan bo‘lsada, ushbu yurt vakillarining iqtidoriga qoyil qolmasdan ilojingiz yo‘q. Ayniqsa Ronaldiyoning harakatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Men uning o‘yin davomida bajargan fintlarini qaytarishga urunganim sari uning naqadar kuchli tehnika egasi ekanligini anglab boryapman. Darhaqiqat, u futbol afsungari!

Ronaldo



Men ko‘plab hujumchilarning o‘yinini tomosha qilgan bo‘lsamda, ulardan faqat bir nafariga o‘xshashni orzu qilar edim. Kuchli tehnika va gol sezish qobiliyati tufayli maydonnin istalgan nuqtasida raqibga hafv tug‘dira oladigan Ronaldo mening yoshlikdagi kumirim edi. Nafaqat mening balki, millionlab bolakaylar aynan unga o‘xshab to‘p tepishni istashgan bo‘lsa, ajab emas. U mening pozisiamda to‘p surgan barcha zamonlardagi eng kuchli futbolchi va chinakam fenomen.

Leonel Messi



Shaxsan men uchun Dunyodagi eng kuchli futbolchi bu Messi. U o‘zga sayyoradan va u uning o‘yinlaridan zavqlanmaslikning iloji yo‘q. Menimcha bu mavsumda aynan u «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi lozim. To‘g‘ri, Ronalduni ham chetga surib tashlab bo‘lmaydi, biroq Messi har mavsumda bir donadan gol kiritgan taqdirda ham dunyodagi eng kuchli futbolchi bo‘lib qolaveradi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:46, 31.10.2019.
O'qildi: 7043 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.