Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Shota Arveladze: «Qaysi chiziqlarni kuchaytirishimiz kerakligini bilamiz»

Shota Arveladze: «Qaysi chiziqlarni kuchaytirishimiz kerakligini bilamiz»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi "Surxon" bilan bahsdan keyin matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.

- Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Ko‘plab hujumlar uyushtirdik va yana 2-3ta yaqqol golli imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Raqibning imkon qadar jiddiy qarshilik ko‘rsatganini ayta olaman. Ular oxirigacha taslim bo‘lishmadi. Vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilishdi.

Jamoadagi har bir futbolchining mehnatini aytib o‘tgan bo‘lardim. Kimdir gol uradi, kimdir uzatma beradi. Kimdir to‘pni olib qo‘yadi. Masalan, Cheran 30dan ortiq gollarga mualliflik qildi. Masharipov esa golli uzatmalar berishda dahshatli ko‘rsatkich qayd etmoqda. Jamoaning mehnati eng ta’kidlab o‘tsa bo‘ladigan jihatdir.

Jamoani kuchaytirish va yanada raqobatbardosh holatga keltirish ustida izlanamiz. Qaysi chiziqlarni kuchaytirishimiz kerakligi borasida tasavvurga egamiz.

Bugun maydonga tushgan futbolchilardan ko‘nglim to‘ldi. Hozir yosh futbolchilarni sinab olish vaqti. Bugungi maydonga tushirgan yosh futbolchilari o‘zlarini yaxshi tomonlama ko‘rsatishdi.

Sergeev men kelgan birinchi yilda ham to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsatgandi. U qanday gol urishni yaxshi biladi. Qiyinchilikka duch kelgan paytda klub, jamoa va muxlislar uni qo‘llab-quvvatlashdi. Harakatchan, mehnatkash, ishtiyoqi bor insonlarni qo‘llash kerak.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:59, 31.10.2019.
O'qildi: 4559 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.