Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/10 00:00 Espanyol 0-2 Sevilya
26/10 00:00 Lester 1-3 Nottingem Forest
26/10 16:00 Qizilqum 2-0 Paxtakor
26/10 17:00 Valyadolid 1-2 Vilyarreal
26/10 18:00 Napoli 1-0 Lechche
26/10 18:15 Andijon 1-0 Olimpik
26/10 19:00 Brentford 4-3 Ipsvich
26/10 19:00 Brayton 2-2 Vulverhempton
26/10 19:00 Manchester Siti 1-0 Sautgempton
26/10 19:00 Aston Villa 1-1 Bornmut
26/10 19:15 Rayo Valyekano 1-0 Alaves
26/10 21:00 Bolonya - Milan
26/10 21:30 Las-Palmas 1-0 Jirona
26/10 21:30 Everton 1-1 Fulhem
26/10 23:45 Atalanta 6-1 Verona
27/10 00:00 Real Madrid 0-4 Barselona
27/10 16:30 Parma 1-1 Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes 3-0 Selta
27/10 19:00 Lasio 3-0 Jenoa
27/10 19:00 Monsa 0-1 Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi 2-1 Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem - Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas 1-0 Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe - Valensiya
27/10 21:30 Arsenal - Liverpul
27/10 22:00 Inter - Yuventus
27/10 22:30 Betis - Atletiko
28/10 00:45 Fiorentina - Roma
28/10 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
28/10 16:00 OKMK - Neftchi
28/10 18:15 Dinamo - Nasaf

Katta pullardan voz kechgan futbolchilar

Katta pullardan voz kechgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Futbol allaqachon katta biznesga aylanib ketgani hech kimga sir emas. Ushbu sport turida katta g‘alabalarni qo‘lga kiritish o‘rniga katta maosh ortida kuchsiz chempionatga yo‘l olayotgan futbolchilar soni kundan kunga orti bormoqda. Shunday bo‘lsada, o‘z istaklarini puldan avzal ko‘ruvchi char to‘p ustalar ham yo‘q emas. Bugun ana shunday futbolchilar haqida so‘z boradi.

Krishtiyanu Ronaldu

Portugaliyalik futbolchini o‘z safida ko‘rish uchun ko‘plab klublar harakat qilishi tabiiy, biroq 2018-yilning yozida Ronalduga taklif etilgan shartnoma haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim.

O‘z faoliyati davomida chempionlik uchun kurash olib boruvchi jamoadalardagina to‘p surgan Krish «Yuventus»ga o‘tish arafasida Xitoyning bir nechta klublaridan taklif oladi. Eng qizi’I shundaki, ushbu klublardan biri futbolchi uchun yiliga 120 million yevro maosh ko‘rsatilgan 2 yillik shartnoma taklif qiladi. Bundan tashqari, shartnomada futbolchining o‘zi istagan paytida kontraktni barbod qilishi mumkin ekanligi va bunday xolatda hech qanday badal puli to‘lamaslik bandi ham majvud edi. «Marka» nashrining xabar berishicha, Ronalduning agenti Jorjo Mendesh ushbu masala bo‘yicha Ronaldu bilan bir necha bor maslahatlashgan va uni ko‘ndirishga urunib ko‘rgan. Portugaliyalik futbolchining rad javobini bergachgina, «Yuventus» bilan transfer masalasi ko‘rib chiqilgan ekan.

Villian



Braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda qit’amiz klublarining bir nechtasidan ajoyob takliflar olgan bo‘lsada, o‘z jamoasida qolishni avzal ko‘rdi. Angiliyaning «Mirror» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, «Shanxay Shenxua» futbolchi uchun yiliga 20 million yevro maosh belgilagan shartnoma taklif qilgan. Bundan tashqari, Xitoyning eng qimmat turar joy maskanidan juda katta uy, haydovchilar biriktirilgan ikkita mashina va futbolchi va uning oila a’zolarining barcha samaliyot chiptalarini 2 yil mobaynida to‘lashga tayyor ekanliklarini bildirishgan edi.

Villian esa, «Chelsi» yangi shartoma taklif qilmaganiga qaramay, jamoada qolishini e’lon qildi. Transfer oynasi ochilishi bilan MLSning bir nechta klublari Villianni tarkibga qo‘shib olishga harakat qilgan bo‘lsada, qahramonimiz top darajadagi birinchilikda ishtirok etish uchun barchasini rad etgani tahsinga sazovar.

Antonio Di Natalia

Italiyaning «Udineze» jamoasi siymosi va klubning tirik afsonasi sanaladigan Antonio Di Natalia yuroqida nomi zikr qilingan futbolchilardan farqli o‘laroq, u qadar katta to‘lamaydigan klubiga sodiq qolgani hayratlanarli. O‘z faoliyati davomida bir necha bor «A seriya»ning to‘purariga aylangan hujumchi 2010-yilda «Yuventus»ning taklifini rad etadi. «Le Gazzeta Della Sport» nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, «Yuve» futbolchi uchun 3 yillik shartnoma taklif etgan. Agarda Di Natalia ushbu taklifni qabul etganida, uning maoshi bir necha barobar ortishi mumkin edi va eng muhimi «A seriya» chempioniga aylanish imkoni mavjud edi. Oradan 4 yil o‘tgach esa, Xitoyning «Guanjou Evergrand» jamoasidan ajoyib taklif kelib tushadi. Klubning o‘sha davrdagi murabbiyi Marchello Lippining taklifi va yiliga 10 million yevro maosh belgilangan 2 yillik shartnoma ham «Udineze» faxriysini fikridan qaytara olmagani tahsinga sazovar.

Sesk Fabregas

2016-yil Fabregas uchun omadsiz o‘tganidan xabaringiz bor. «Chelsi» klubining asosiy tarkibidan tushib qolgan yarim himoyachi asosiy vaqtini zahira o‘rindig‘ida o‘tkazgan bo‘lsada, qishki transfer oynasi chog‘ida Xitoy klublaridan ajoyib taklif oladi. «Goal.com» saytining bergan ma’lumotlariga qaraganda «Dalyan Ifan» jamoasi ikki kara Yevropa chempioni uchun yiliga 31 million funt sterlinga maosh ko‘rsatilgan shartnoma taklif qilgan bo‘lsada, Fabregas «Chelsi»da qolishni avzal bilgan. Yoshi o‘tib qolgan futbolchilarning aksariyati katta pul ishlab olish maqsadida kuchsizroq chempionatlarga yo‘l olishi urfga aylangan bo‘lsada, Fabregas o‘zining so‘nggi mavsumlarini ham saviyali jamoalarda o‘tkazishni avzal bilgani tahsinga sazovor.


Kaka

Hozirda Gvardiola qo‘l ostidagi «Manchester Siti» Yevropaning eng kuchli klublaridan biriga aylangan bo‘lsa, 2009-yilda hali jamoa sifatida yaxshi shakillanmagan, kelajagi mavfhum klub edi. Aynan o‘sha yili «shaxarliklar» «Milan» klubi bilan Kaka borasida muzkaralarni boshlagan, braziliyalik uchun 100 million yevrodan voz kechishga tayyor ekanligini bildirgan edi. Milan jamoasi o‘sha davrlar uchun fantastik summa evaziga Kakani APLga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan bo‘lsada, futbolchining o‘zi «Milan»da qolishni avzal biladi. Vaholanki, Shayx Mansur jamoasi Kakaga «Milan»dagi maoshidan 7 barobar kattaroq maosh ko‘rsatilgan 4 yillik shartnoma taklif qilishgan edi. Kaka esa, o‘zini Milanda baxtli ekanligini aytib, katta pullardan voz kechadi. To‘g‘ri, «Milan» oradan bir necha yil o‘tib uni «Real Madrid»ga sotib yuboradi, lekin Kaka Ispaniyaga o‘z hoxishi bilan emas, sevimli klubining iltimosiga binoangina ko‘chib o‘tadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 03:08, 02.11.2019.
O'qildi: 11931 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.