Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Oktyabr oyining eng yomon 5 ta futbolchisi

Oktyabr oyining eng yomon 5 ta futbolchisi

Baho:
+ | -

Bugun Noyabr oyining 2-kuni. Ortda qolgan Oktyabr oyi bizga ko‘plab ajoyib uchrashuvlar va chioyli gollarni taqdim etdi. Shunday bo‘lsada, ortda qolgan oy davomida o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmgan futbolchilar ham mavjud . Bugun o‘tgan oyni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmagan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Tibo Kurtua

YECHL doirasida «Bryugge»ga qarshi o‘tgan o‘yinda «Real Madrid» darvozasini qo‘riqlagan posbon uchrashuv oldidan o‘zini yaxshi his etmagan bo‘lsada, maydonga tushishga qaror qildi va o‘yin davomida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Gol o‘tkazib yuborgachgina zahira o‘rindig‘idan joy oldi. Kurtuaning omadsiziligini faqatgina bir uchrashuv bilan bog‘lash notog‘ri biroq, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qolib qolganga o‘xshaydi. Muxlislar va ijtimoiy tarmoqdagi bosim futbolchining o‘yinlariga o‘zining salbiiy ta’sirini o‘tkazmay qolmayapti. Agarda, Kurtua o‘zini qo‘lga olmasa, ushbu mavsum darvozabon uchun eng omadsizi bo‘lishi hech gap emas.

Matteys De Ligt

Otomendi qanchalar urunmasin, ishonchisz to‘p surishda De Ligtdan o‘zib keta olmadi. «Dinamo Zagreb»ga qarshi uchrashuvda o‘zini har tomonlama ko‘rsata olgan himoyachi bosimni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Undan farqli o‘laroq Matteys De Ligt barchani hayron qoldirishda davom etmoqda. «Yuventus» o‘tgan oyda o‘tkazib yuborgan 5 ta golning 2 tasi De Ligtning «hizmatlari» samarasi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ko‘pchilik uning maydondagi xatolarini tajribasizlikka yo‘ymoqda, lekin De Ligt yangi jamoaga ko‘nikib ketishi uchun yetarlicha vaqt berildi. Bundan tashqari, asosiy tarkibdan ham joy ajratildi. Afsuski, yaratib berilayotgan imkoniyatlar ham gollandiyalik himoyachiga kamlik qilmoqda. Ortda qolgan oy futbolchining kariyerasi davomidagi eng yomoni bo‘ldi. Gap shundaki, o‘yin davomida futoblchilarning foydali harakatlarini hisoblab boruvchi saytlar unga 10 ballik mezonda 6,6 ball qo‘yishdi. Markaziy himoyachi uchun juda past ko‘rsatgich. Agarda De Ligt o‘zini qo‘lga olmasa, tez orada asosiy tarkibdagi o‘rnini ham boy berishi mumkin.

Granit Jaka

«Arsenal» sardoriga aylangan futbolchining muxlislar bilan janjalga o‘ralashib qolgani, uning o‘yiniga salbiiy ta’sir o‘tkazgan ko‘rinadi…

Aslida «Arsenal» jamoasida doimo kuchli futbolchilar sardorlik bog‘ichiga egalik qilishgan. Shunday bo‘lsada, endilikda klub sardorlik uchun Jakadan boshqa nomzod topa olmaydigan darajaga yetib keldi. Jaka o‘tgan oyda «Arsenal»ning nafaqat maydondagi balki uning ortidagi muammolariga sabab bo‘lgani hech kimga sir emas. Foydali harakatlar soni bo‘yicha Gunduzidan deyarli 2 barobar ortda qolayotgan jamoa sardorining ruhiy xolati havas qilib bo‘lmaydi. Boz ustiga, o‘tgan oy davomida «Arsenal» aynan maydon markazidagi sustkashlik tufayli bir nechta gol o‘tkazib yubordi. Jamoani to‘liq hujumchilarning mahoratigina yelkasida ko‘tarib yuribdi.

Suso

«Milan» jamoasining so‘nggi yillardagi yetakchisi negadir o‘tgan oyda «yo‘qolib qoldi». Tehnik tomondan yetuk va ajoyib uzatmalar egasi oy boshida «Lechche»ga qarshi o‘yinda naqd 5 bor to‘pni oldirib qo‘ydi. Asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishiga qaramay, har bir o‘yinda o‘rtacha 1,6 bor zarba yo‘llayotgan qanot yarim himoyachisining natijalar keskin pasyib ketmoqda. Bundan bir yil muqaddam aynan shu kunga kelib, Suso bir o‘zi jamoani oldinga boshlayogan edi, biroq uning hozirda nafaqat statistikasi, balki o‘yinida ham pasayish kuzatilmoqda. To‘g‘ri, hozir «Milan» jamoasining ishlari yurishmayapti, biroq o‘yin sifati va maydonni ko‘rish borasida futbolchi oqsamoqda.

Pyer-Emerik obameyang

«Arsenal»ning asosiy hujumchisi qanchalar mahoratli bo‘lmasin, o‘tgan oyning eng yomon hujumchisi bo‘ldi desak,adashmagan bo‘lamiz. Butun 1 oy davomida raqib darvozasiga atigi 9 bor zarba bergan gabbonlik futbolchi birorta gol kiritishga muvaffaq bo‘lmadi. APLning eng katta maosh oluvchi hujumchilaridan biri uchun bundanda xunuk ko‘rsatgich bo‘lmasa kerak. Songgi 5 yil davomida obameyangning faoliyatida bunday quruq seriya kuzatilmagan edi.

To‘g‘ri, butun boshli «Arsenal»ning ishlari yurishmayapti, lekin butun boshli jamoaning so‘nggi zarbasini beruvchi futbolchining birorta gol kirita olmaganini qanday baholash mumkin? Shunday ekan, obameyang o‘tgan oyda eng yomon o‘yin ko‘rsatgan hujumchi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 05:35, 02.11.2019.
O'qildi: 4061 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.