Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Liga-1. «PSJ» autsayderga yutqazdi (videosharh)

Liga-1. «PSJ» autsayderga yutqazdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 12-turi doirasida "Dijon" maydoniga safar uyushtirib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida Di Mariyaning uzatmasidan keyin Mbappe darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 6 daqiqada esa maydon egalari hisobni tenglashtirishdi. Yon tomondan yetkazib berilgan uzatmani Navas qaytardi. Shuyar esa qaytgan to‘pni darvozaga yo‘lladi.

Ikkinchi taym debyutida "Dijon" ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. Kadis 3 himoyachini aldab, jarima maydoniga kirib bordi va darvozabonning oyoqlari orasidan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Qolgan daqiqalarda parijliklar ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratishdi. Ikardining o‘zi 3 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishi mumkin edi, uning bitta zarbasi to‘singa tekkan bo‘lsa, ikkita zarbaga aniqlik yetishmadi. Shuningdek, Paradis bergan zarbadan keyin to‘p ustunga tegdi. Di Mariya ham qulay vaziyatni ko‘kka sovurdi.

Bu "PSJ" uchun mavsumdagi uchinchi mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, Tuxel jamoasi 27 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. "Dijon" ushbu o‘z ochkolarini 12taga yetkazib, so‘nggi o‘rinni tark etdi.

Fransiya chempionati, 12-tur
"Dijon" - PSJ 2:1
Gollar: Mbappe, 19 - 0:1, Shuyar, 45+6 - 1:1, Kadis, 47 - 2:1
"Dijon": Gomis, Kulibali (Amalfitano, 29), Shafik (Mendil, 33), Manga, Lotoa, Balde (Mavididi, 54), Ndong, Shuyar, Muzinga, Tavaresh, Kadis.
PSJ: Navas, Bernat (Kurzava, 64), Kimpembe, Dagba, Markinyos, Paredes (Kavani, 72), Guye, Di Mariya, Diallo (Draksler, 81), Mbappe, Ikardi.
Ogohlantirishlar: Ndong (12), Kadis (14), Kimpembe (15), Mendil (58).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:59, 02.11.2019.
O'qildi: 3406 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.