Italiyaning «Breshiya» klubi hujumchisi Mario Balotelli «Verona» klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv mobaynidani voqea haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Boletelli uchrashuvning 9-daqiqasidayoq irqchilik ruhidagi haqoratlar sabab maydonni tark etmoqchi bo‘ldi.
«Jamoadoshlarim maydonda meni qo‘llab–quvvatlashgani uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Chin ko‘ngildan rahmat aytaman. Sizlar haqiqiy inson ekanliklaringizni isbotladingiz», – deb yozadi Balotelli o‘zining “Instagram”dagi rasmiy sahifasida.
Shuningdek, uni haqorat qilganlar haqida ham o‘z fikrlarini yozib qoldirdi:
«Fan-klub tribunasida o‘tirib meni haqorat qilgan “odamlar”, sizlar o‘zlaringni o‘zlaring sharmanda qildinglar! O‘z farzandlaringiz, ayolingiz, ota-onangiz va do‘stlaringizni oldida sharmandalik!», - qo‘shimcha qildi Balotelli.













