Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Shaxsiy fikr: Men Muhammad Salohning muxlisiman

Shaxsiy fikr: Men Muhammad Salohning muxlisiman

Baho:
+1 | -

Men «Liverpul» futbolchisi Muhammad Salohning muxlisiga aylandim. Nega deysizmi? Buning sabablari ko‘p.

Misrlik futbolchining hayoti mashaqqatlarga to‘la. Bolaligi juda qiyin kechgan. U nafaqat moddiy, balki diniy jihatdan ham tazyiqlarga uchragan futbolchi. Ammo e’tiqodini saqlab qoldi, barcha mashaqqatlarni yengib o‘tdi.

Muhammad Saloh ko‘p mukofotlar, moddiy rag‘batlantirishlarga ega chiqishi mumkin edi, ammo u o‘zi hali to‘kis hayotga erishib ulgurmagan bir paytda rag‘batlantirishdan voz kechib, o‘ziga atalgan pullarni qiynalgan odamlarga ulashgan. Vaholanki, «Mana, yangi kashfiyot chiqyapti, falon natijasi tufayli falon narsaga loyiq ko‘rildi», kabi jimjimador sarlavhalar bilan OAV sahifalarini to‘ldirishi mumkin edi. To‘ldirdi ham. Ammo boshqacha tarzda: «Saloh qashshoqlikdan azob chekkan qishloqdoshlariga yordam berdi».

Ilgari Ronalduga muxlislik qilganim rost. Ammo aqlim taniy boshlaganim, tushunchalarim kengaygani sari portugaliyalik futbolchiga bo‘lgan muxlisligim susaya boshladi. Chunki menda bitta xarakter bor: agar insonning xatti-harakatlari, xarakteri, tashqi ko‘rinishi va boshqa jihatlari ma’qul kelmasa, hatto g‘azabimni qo‘zg‘asa, uning qobiliyati, ijodi men uchun hech narsaga arzimas bo‘lib qoladi. Axir qanday qilib harakatlari, o‘zini tutishi, tashqi ko‘rinishi nafratingizga sabab bo‘lgan insonga muxlislik qilish mumkin? U hatto maydondagi 11 ta raqibini aldab gol urgan taqdirda ham muxlislik qilolmayman. Bu din bilan futbolni aralashtirish emas. Ya’ni erkak kishining zirak taqishi yaxshi emasligini, bu uyatli ish va hatto isnod ekanligini bilish uchun dinni chuqur o‘rganish shart emas.

Takror aytaman, bu mening shaxsiy fikrim. «Millionlar o‘yini» ishqibozlari orasida bunday fikrlaydiganlar kam topilar, balki. Lekin nima bo‘lganda ham har kimning o‘z fikri bo‘ladi.

Muhammad Salohga muxlislik qilishim borasida futbol tomonlama o‘zimni oqlashga asosim ham bor: u juda yaxshi futbol o‘ynaydi. Sharhlovchi Davron Fayziyev bilan bir tomonlama fikrimiz o‘xshash: Saloh eng aqlli futbolchi. To‘p uchun hadeb kurashavermaydi, janjalli voqealarga aralashavermaydi, hakamga e’tiroz ham bildirmaydi, u hujumchi va o‘z ishini qiladi. Maydonda ko‘p ham kurashga tashlanavermasligi bois u muxlislar nazdida «unchalik ham zo‘r futbolchi emas» tarzida taassurot qoldirgan. Lekin Saloh kerak paytda kerak ishni qiladi va ko‘p hollarda gollari bilan jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shadi.

Muhammad Salohning uylanganini va qizalog‘i borligini bilamiz. Ammo oilasining suratlarini kamdan-kam uchratamiz. Hatto bir safar ayolining hijobsiz suratini joylaganida onasidan dakki eshitib, qilmishidan pushaymon bo‘lganini ham bilamiz. Muhammad Salohning oila, rafiqa borasidagi xatti-harakatlari ko‘plar uchun ibrat bo‘lgulik.

Ehtimol, bu maqolani o‘qiganingizda «Saloh falon kuni kindigini ochib suratga tushdi», «Jurnalda bir qiz bilan quchoqlashib suratga tushdi» va boshqa misrlik futbolchi bilib-bilmay yo‘l qo‘ygan xatolarni ro‘kach qilarsiz. Beayb parvardigor. Salohga nega muxlislik qila boshlaganimni quyidagi shaxsiy fikrim bilan asoslamoqchiman: musulmon va g‘ayridindan biriga muxlislik qilish kerak bo‘lgan bir paytda g‘ayridinni tanlay olmadim. Aytgancha, kimga muxlislik qilish — sizning shaxsiy ishingiz. Men hech kimning tanlovini qoralamoqchi emasman va bunga haqim ham yo‘q.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:58, 05.11.2019.
O'qildi: 4489 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.