Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz»

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz»

Baho:
+ | -

Bugundan Saudiya Arabistonida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari start oladi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk uchrashuvini Hindistonga qarshi o‘tkazadi. O‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz ustozi Otabek G‘ulomxo‘jayev quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

"Avvalo mezbon – Saudiya Arabistoniga bizni iliq kutib olishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz saralash bahslariga deyarli barcha asosiy o‘yinchilarimizni olib keldik. Faqatgina ba’zi futbolchilarimizda kichik jarohatlar bor ekanini aytib o‘tishim lozim. Ammo biz har bir uchrashuvda bor kuch va mahoratimizni ishga solishga harakat qilamiz. To‘g‘ri, mazkur yosh toifasidagi qit’a chempionati final bosqichi kelasi yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Biroq bizning oldimizga saralash bahslarini ham muvaffaqiyatli o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan. Shu boisdan biz har bir o‘yinda faqat g‘alaba qozonish va muxlislarimizni xushnud etish uchun maydonga chiqamiz", — dedi Otabek G‘ulomxo‘jayev.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:20, 06.11.2019.
O'qildi: 3655 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик