Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Rita — Ronaldu voz kecha olmaydigan aktrisa

Rita — Ronaldu voz kecha olmaydigan aktrisa

Baho:
+ | -

Oldinroq Portugaliya terma jamoasi va “Yuventus” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu yangi mojaroga sabab bo‘lib qolgani haqida yozgandik.

Hammasi “MTV Europe Music Awards” tadbirida boshlandi. Musiqa borasida sovrindorlarni taqdirlash marosimiga Ronaldu rafiqasi Jorjina Rodriges bilan tashrif buyuradi. Ayni shu paytda futbolchi va rafiqasi o‘rtasida janjal yuzaga keladi. Bunga Ronalduga iliq munosabat bildirgan portugaliyalik aktrisa Rita Pereyra sababchi edi.

ESKI MUNOSABATLAR

Ronaldu va Rita bundan bir necha yil avval tanishishgan. U paytda Krishtianu rossiyalik model Irina Sheykni ham tanimasdi. Ronaldu va Rita o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar uzoq davom etmadi, ammo ularning munosabatini to‘liq tugagan deb ham bo‘lmasdi. Aslida, Ronaldu va Rita qandaydir mojaro yoki jiddiy sabab bilan emas, shunchaki ajrashishgandi.  O‘z o‘rnida Rita Pereyra Krishtianu bilan munosabatlari sira ham yomonlashmasligini ta’kidlagandi. Jumladan, Ronaldu Pereyra bilan ajrashganida ham Rita futbolchi haqida umuman salbiy fikr bildirmagandi.

Buni qarangki, Irina Sheyk bilan orasi ancha yaqin bo‘lgan paytlarida ham Ronaldu hamyurti bilan aloqalarni uzmagan. Bu esa Ronaldu va Rita o‘rtasidagi pinhona munosabatlarning oshkora bo‘lishiga olib kelgandi. O‘shanda Ronaldu bu qilig‘i uchun Irinadan uzr so‘ragan va Sheyk ham uni kechirgandi.

JORJINANING RASHKI QO‘ZIDI

Tabiiyki, biz bilgan narsalarni Jorjina ham yaxshi biladi. Shu bois marosimda Ronalduni juda iliq qarshi olgan Rita Pereyraning qiliqlari unga yoqmadi. Aksiga olib, Ronaldu ham Ritaning munosabatiga anchagina ijobiy javob qaytargan, natijada rafiqasi va uning o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Guvohlarning aytishicha, juftlikning janjali marosim vaqtida noqulay muhitni yuzaga keltirgan. Jorjina Ronalduga nisbatan g‘azabini yashirib o‘tirmagan.

Ta’kidlash joizki, Ronaldu Jorjina Rodriges bilan 2017 yilda tanishgan. Bu paytda portugaliyalik yulduz onasiga yetarlicha hurmat ko‘rsatmagani uchun Irina Sheyk bilan orani ochiq qilgandi. Jorjina Ronalduga qiz farzand hadya etdi. Ularning shuningdek surrogat onadan tug‘ilgan uchta farzandi ham bor.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:40, 06.11.2019.
O'qildi: 15103 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.