Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Real» hujumchisi Qatar klubiga yo‘l olishi mumkin

«Real» hujumchisi Qatar klubiga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

"Real" hujumchisi Mariano Diasning Madriddagi taqdiri tobora mavhumlashib bormoqda. AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Qatarning «Ar-Rayyan» klubi yozgi transfer davridan beri dominikanlik futbolchiga qiziqish bildirib kelmoqda. 26 yoshli futbolchi ushbu mavsumda Zidan qo‘lostida hali birorta o‘yinda maydonga tushmadi.

«Ar-Rayyan» esa yuqori saviyadagi markaziy hujumchi qidirmoqda. Qatarliklar Diyego Kosta va Mario Manjukich nomzodlarini ko‘rib chiqdi, ammo ularning muzokaralari samara bermadi.

Endi jamoa rahbariyati asosiy e’tiborni Marianoga qaratdi. Diasning «Madrid»dagi maoshi 4 mln yevro ekanini rayyanliklar yaxshi bilishadi va ular bu maoshni futbolchiga to‘lashga tayyor. O‘z navbatida "Real" ham hujumchini sotishga qarshi emas.

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 22:41, 06.11.2019.
O'qildi: 9959 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик