Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Yevropa ligasi. «Arsenal» qo‘shilgan vaqtda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (videosharh)

Yevropa ligasi. «Arsenal» qo‘shilgan vaqtda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (videosharh)

Baho:
+ | -

Yevropa ligasining 4-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yin bugun bo‘lib o‘tdi. "F" guruhida 100 foizlik natija ko‘rsatib kelayotgan «Arsenal» safarda autsayder «Vitoriya Gimaraesh»ga qarshi to‘qnash keldi.

Unai Emeri mazkur o‘yinda ko‘proq yoshlarga ishonch bildirgan bo‘lsa, mezbonlar esa bundan foydalanishga harakat qilishdi. Portugaliyaliklar birinchi bo‘limda 4ta xavfli vaziyat yaratdik, faqat omad tufayli ular raqib darvozasini ishg‘ol eta olishmadi. Ayniqsa, bir vaziyatda to‘p "kanonirlar" darvozasi to‘siniga tegib qaytdi.

O‘yin tugashiga 9 daqiqa qolganida "Arsenal" jarima zarbasini amalga oshirdi va o‘zining bahsdagi yagona imkoniyatini golga aylantirdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan birinchi daqiqada esa Bruno Duarte  darvozabon maydoni chizig‘i ustida chalqancha uslubda zarba berib, hisobni tenglashtirdi.

Mazkur durang tufayli "Arsenal" 10 ochko bilan guruh peshqadamligini o‘zida saqlab qoladi. "Vitoriya" esa guruhdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.

Yevropa ligasi, "F" guruhi, 4-tur
Vitoriya Gimaraesh Portugaliya – Arsenal Angliya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 80 Mustafi, 1:1 – 90+1 Bruno Duarte.
Vitoriya Gimaraesh – Duglas Jezus, Rafa Soaresh, Venansiu, Garsiya, Tapsoba, Evanjelista (Leo Bonatini, 82), Pedru Rodrigesh (Poa, 61), Edvards, Agu, Davidson (Roshinya, 68), Bruno Duarte.
Arsenal – Martines, Mustafi, Papastatopulos, Tirni, Meytlend-Naylz, Martinelli, Sebalyos (Genduzi, 54), Pepe, Uillok (Torreyra, 78), Xolding, Saka (Lyakazett, 65).
Ogohlantirishlar: Mustafi (18), Rafa Soaresh (33), Xolding (66).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:52, 06.11.2019.
O'qildi: 3034 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик