Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq prezidenti Olga Smorodskaya «Yuventus» (1:2) klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- «Lokomotiv» kecha menga yoqdi.Durang uchun ozgina omad yetishmadi. Barcha vazifalarni yaxshi bajarishdi: hujum chizig‘i bilan «bog‘lana olishdi», Ronalduga imkon berishmadi. «Yuventus» — juda kuchli klub. «Lokomotiv»ga ozgina omad yetishmadi. Bunday o‘yinlar «Loko»ga ilhom baxsh etadi. Ularning YECHLdagi ishtirokini muvaffaqiyatli desa bo‘ladi. Qoyil, men sizlarni tabriklayman», — dedi Smorodskaya mahalliy OAVga bergan intervyusida.













