Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Rustam Shoabdurahmonov va Ravshan Ermatov Olimpiya terma jamoasi bilan uchrashdi

Rustam Shoabdurahmonov va Ravshan Ermatov Olimpiya terma jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Ertaga futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 10 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketadi.

Kelasi yil Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tadigan Osiyo chempionati jamoamiz oldida turgan jiddiy sinovdir. Zero, ushbu musobaqa futbolimiz tarixida terma jamoamiz uchun ilk bor Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatini taqdim qiladi. Mana shunday ulkan vazifani uddalash yo‘lida futbolchilarimiz ham tayyorgarlik jarayonlarini olib borishmoqda. Bugun MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov OTJ bilan uchrashuv o‘tkazib, yigitlarimiz va murabbiylar shtabi bilan yaqindan gaplashdi.

“Sizlarning ortingizdan butun xalqimiz, yurtboshimiz qarab turibdi. Oldimizda juda katta mas’uliyatli vazifa bor. Buni uddalash uchun esa hukumatimiz barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Osiyo chempionatiga tayyorgarlik yo‘lida qaysi terma jamoa bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish kerak bo‘lsa, biz buni tashkillashtirib beramiz. Sizlarni farmokologik vositalar, vitaminlar bilan ta’minlashda ham barchasini muhayyo qilib beramiz. Sizlardan esa faqatgina Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olish so‘rab qolinadi xolos”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

O‘z navbatida OTJ murabbiylar shtabi va futbolchilar ham bo‘lajak musobaqaga bor mas’uliyatni his qilgan holda tayyorgarlik ko‘rishayotgani, Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida maksimal natijaga erishish uchun harakat qilashlari va albatta, Olimpiya o‘yinlariga beriladigan lisenziya uchun astoydil kurash olib borishga va’da berishdi.

Eslatib o‘tamiz, kelasi yilning yanvar oyida Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida O‘zbekiston OTJ Xitoy, Janubiy Koreya va Eron jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:44, 09.11.2019.
O'qildi: 2253 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.