Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

APL. «Chelsi» g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa ko‘tarildi (videosharh)

APL. «Chelsi» g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa ko‘tarildi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining 12-turi doirasida «Chelsi» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar u qadar ko‘p xavfli vaziyat yarata olishmadi va tanaffusga qadar hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalari maydon egalari uchun samarali chiqdi. Villianning uzatmasidan keyin Abraxam darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va mavsumdagi o‘ninchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuv tugashiga 11 daqiqa qolganida esa Kristian Pulishich o‘z imkoniyatidan unumli foydalanib, jamoasining ikkinchi golini urdi va amalda o‘yin taqdirini hal qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin Lempard jamoasi ochkolarni 26taga yetkazib, jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Angliya chempionati, 12-tur
Chelsi – Kristal Pelas 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 52 Abraxam, 2:0 – 79 Pulishich.
Chelsi – Arrisabalaga, Zuma, Emerson, Tomori, Djeyms, Kante, Kovachich, Pulishich (Xadson-Odoi, 80), Maunt (Gilmur, 87), Villian, Abraxam (Batshuayi, 73).
Kristal Pelas – Guaita, Uord (Kelli, 44), Keyxill, van Anxolt, Tomkins, Kuyate (Makkarti, 82), Taunsend, Makartur (Shlupp, 70), Milivoyevich, Zaa, Ayyu.
Ogohlantirishlar: Villian (17), Zaa (21), Emerson (31), Kovachich (33), Makkarti (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:48, 09.11.2019.
O'qildi: 3441 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик