Sluskiyning "Vitesse"dagi maoshi yiliga 1 million yevroni tashkil qiladi.
De Gelderlanderning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik murabbiy yiliga 1 mln yevro maosh oladi. Bu klubdagi oldingi mutaxassislar maoshidan ko‘proqdir.
Eslatib o‘tamiz, Sluskiy "Vitesse"ni 2018-yildan beri boshqarib kelmoqda. Gollandiya chempionatining joriy mavsumida jamoa 13 ta uchrashuvda 23 ochko to‘plagan holda beshinchi o‘rinni egallab turibdi.