Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ronaldudan ko‘p gol urgan 5 ta afsona. Birinchi o‘rinda kim turishini bilasizmi?

Ronaldudan ko‘p gol urgan 5 ta afsona. Birinchi o‘rinda kim turishini bilasizmi?

Baho:
+ | -

“Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi 700-golini urishga ulgurdi. Buning uchun u 973 ta o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. U 12 ta har xil turnirlarda 458 ta gol urdi. Hisoblab ko‘rilganda, 112 minutga bittadan gol to‘g‘ri keladi.

Ronaldu «Sporting» safida 31 ta o‘yinda 5 ta gol urgan, «Manchester Yunayted»da 292 ta matchda 118 ta to‘p kiritgan, «Real»da 438 ta bellashuvda 451 ta golga mualliflik qilgan, «Yuventus» tarkibida esa 51 ta o‘yinda 32 ta gol urishga ulgurdi. Va u bu bilan to‘xtamoqchi emas. Xo‘sh, kimlar Krishtianudan ko‘proq gol urgan? Quyida ana shu savolga javob beramiz.

5. Gerd Myuller (735 gol)
Germaniyalik buyuk to‘purar futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri hisoblanadi. 15 yil umrini “Bavariya”da o‘tkazgan Myuller gollar soni bo‘yicha klub rekordini o‘rnatgan. 
Myunxen klubi afsonasi 1974 yilgi jahon chempionatida g‘alaba to‘pini kiritgan.

4. Ferens Pushkash (746 gol)
Hech qachon unutilmaydigan yana bir hujumchi. U Vengriya terma jamoasi va “Real” safida porlagan. 1960 yilda Yevropa chempioni bo‘lgan. Vengriya termasi va “Real” afsonasi nomiga Pushkash sovrini joriy qilingan. FIFA ushbu sovrinni har yili eng chiroyli gol muallifiga  topshiradi. 

3. Pele (767 gol)
Pele — fantastik natija qayd etgan afsona. Faoliyati davomida bir nechta rekordlarni yangilagan braziliyalik futbolchi Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritilgan. Ya’ni Pele jami 1363 ta o‘yinda 1281 ta gol kiritgan. Rasmiy o‘yinlarda esa, aniqrog‘i 831 ta o‘yinda Pele 767 ta gol kiritgan. Bu degani bitta o‘yinga 0,92 ta gol to‘g‘ri keladi. Aynan u mundialda Braziliyaning yuzinchi golini urgan, u 1970 yilda Italiya termasi darvozasini ishg‘ol qilgandi.

2. Romario (772 gol)
Braziliyaliklarning hujumkor o‘yinni xush ko‘rishi bejizga emas. Bu Romarioning ko‘rsatkichida ham aks etgan, u 994 ta rasmiy o‘yinda 772 ta gol kiritgan.
Romario 1994 yilda FIFA versiyasiga ko‘ra yil futbolchisi deb topilgan. 2002 yilda esa Pele bilan birga jahon chempionatining ramziy terma jamoasiga kiritilgan.
Ronaldo aynan Romario uning kumiri bo‘lganini ta’kidlagan, Yoxan Kroyf esa Romarioni 11 metrlik hududda eng aqlli futbolchi deb ta’riflagan.

1. Yozef Bisan (805 gol)
Birinchi o‘rinda kimni kutgandingiz? Har holda Yozef Bisanni kutmaganligingiz aniq. Ammo statistika avstriyalik afsonaviy hujumchining dahshatli to‘purar bo‘lganini isbotlaydi.

Bisan faoliyati davomida juda ko‘plab jamoalarda o‘ynagan. Avstriyaning «Rapid» va «Admir» jamoasida to‘p surgan, keyin esa Chexiyaga yo‘l olgan va faoliyatini o‘sha yerda tugatgan. Chexiyada u «Slaviya», «Vitkovis», «Spartak» va«Dinamo» klublari sharafini himoya qilgan. Qizig‘i, faoliyati davomida u uchta terma jamoa — Avstriya, Chexoslovakiyahamda Bogemiyava Moraviya sharafini himoya qilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Bisan faoliyati davomida jami 1470 ta gol urgan, ammo ular orasida norasmiy o‘yinlarda kiritilgan gollar ham ko‘p.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:00, 11.11.2019.
O'qildi: 19004 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.