Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Tokio Paralimpiadasiga yana ikkita lisenziya qo‘lga kiritdik

Tokio Paralimpiadasiga yana ikkita lisenziya qo‘lga kiritdik

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

BAAning Dubay shahrida davom etayotgan para-atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bu vaqtda esa O‘zbekiston terma jamoasining yana ikki nafar vakili Temurbek Giyazov hamda Husniddin Norbekov JCH medali qatori kelasi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini naqd qildi.

Balandlikka sakrash bo‘yicha T64 toifasida Temurbek 1.99 metr natija bilan jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Husniddin Norbekov esa yadro uloqtirish bo‘yicha F35 klassida 17.32 metr natija qayd etib, o‘ziga tegishli bo‘lgan jahon rekordini yangiladi. Kutilganidek, ishtirokchilar orasida hech bir sportchi hamyurtimizning ushbu natijasiga yaqin kela olmadi. Shu tariqa Norbekov jahon rekordini ham rasmiylashtirib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, ushbu natija bilan hamyurtlarimizning Tokio Paralimpiadasiga qo‘lga kiritgan lisenziyalari soni o‘n to‘rttaga yetdi. Mazkur natijadan keyin delegasiyamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil qilmoqda. Bu esa umumjamoa hisobida yettinchi o‘ringa ko‘tarilib olishimizga sabab bo‘lib turibdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 00:25, 12.11.2019.
O'qildi: 1878 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.