Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Virjil van Deyk «oltin to‘p» haqida fikr bildirdi

Virjil van Deyk «oltin to‘p» haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» jamoasining so‘nggi yillardagi g‘alabalari uchun o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan gollandiyailih himoyachi Virjil van Deyk «Mirror» nashri uchun intervyu berib o‘tdi. Futbolchi bilan bo‘lgan qiziqarli suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

O‘tgan mavsumdagi g‘alabalardan so‘ng, motivatisya yo‘qolib qolmadimi?

O‘tgan mavsum biz uchun juda omadli keldi va ushbu mavsumdan so‘ng, o‘zimni endilikda juda yaxshi his etyapman. Aynan o‘tgan yili bizning o‘yinimizda o‘sish kuzatildi. Nafaqat «Liverpul». Balki terma jamoamda ham ko‘tarilish kuzatildi. Biz o‘sha mavsumni kelajakdagi g‘alabalarimizga poydevor sifatida hizmat qilishiga harakat qilamiz.

Kuchli himoyachi qanday bo‘lishi lozim

Mening pozisiyamda to‘p suruvchi futbolchilar uchun tashkilotchilik hislatiga ega bo‘lishi darkor. Ggap shundaki, markaziy himoyachi barcha o‘z nuqtasida turganini e’tibordan qochirmasligi lozim va jamoadagi barcha futbolchilar bilan o‘yin davomida aloqada bo‘lish lozim. Kerak bo‘lsa, jamoadoshlaridan biriga ovozini balandlatib bo‘lsada kerakli ko‘rsatmalarni berish lozim. Mening pozisiyamda bu juda muhim omil hisoblanadi. O‘ylashimcha men yoshligimdaniq kerakli so‘zlarni topib so‘zlash salohiyati mavjud. Agarda bundan qobiliyatim bo‘lmaganida ham, markaziy himoyachi bo‘lganim uchun muloqatga kirishishga harakat qilar edim.

Virjil van Deyk yilning eng yaxshi himoyachisi?

Bu o‘zgacha daqiqalar edi.. . Bilasizmi, inson doimmo band bo‘lsa, uning uchun vaqt juda tez o‘tayotgandek tuyulaveradi. Sovrinni qo‘lga kiritgan kecham ham tezda tugab qolganini yashirib o‘tirmayman. Ushbu g‘alabani eng yaqin do‘stlarim bilan nishonladim.

«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish haqida o‘ylayabsanmi?

«Liverpul»ga o‘tgan chog‘imda bunday sovrin uchun kurash olib borishim haqida o‘ylab ham ko‘rmagan edim. «oltin to‘p» istalgan futbolchi uchun kariyerasining eng pik nuqtasi hisoblanadi. Ushbu sovrinning egasi kim ekanligi borasida barchaning o‘z shaxsiy fikri va qarashlari mavjud. Agar seni sovringa loyiq ko‘rishyaptdimi, demak o‘z ishingni eplayabsan. Nima bo‘lgan taqdirda ham, o‘sishda va mehnat qilishda davom etmoq zarur. Agar eng yaxshi deb e’tirof etilsam xursand bo‘laman, agarda boshqa futbolchi sovringa haqli deb topilsa, bu meni zarrracha xafa qilmaydi. Men uchun eng muhimi, oilam va klub uchun qanday naf keltirayotganim. Qolgan jihatlarning barchasi 2-o‘rinda.  Shunday bo‘lsada, doimmo umid qilishdan to‘xtamaslik kerak. «Liverpul»ga endi kelgan chog‘imda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishga umid qilgan edim va bu borada omadim kulib boqmoda. Hozir klub va shaxsiy hayotimdan ko‘nglim to‘q.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:17, 13.11.2019.
O'qildi: 6193 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.