Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Bugun jang bo‘ladi: tayyormisiz, Abramov?

Bugun jang bo‘ladi: tayyormisiz, Abramov?

Baho:
+ | -

Mazkur saralash bosqichiga qur’a tashlanganida ko‘pchilik muxlis va mutaxassislar O‘zbekistonni favorit deb hisoblagandi. Lekin “argentinalik amaki” yuzaga keltirgan tushuniksiz holat tufayli ahvolimiz yomonlashgandi. Ammo Abramov qaytgach, ko‘nglimiz picha xotirjam tortgani bor gap.

Abramovdan avliyo yasash niyatim yo‘q. Ammo shunisi ma’lumki, ayni damda termani boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylar orasida eng kuchlisi aynan Vadim Abramov bo‘ladi. Shuning uchun termadagi hozirgi holat avvalgiga qaraganda ijobiylashgan.

Suadiya Arabistoniga qarshi o‘yinda qanday qilib bo‘lmasin g‘alaba qozonishga majburmiz. Birinchidan, guruhda birinchi o‘rinda qolamiz. Ikkinchidan, terma jamoalar reytingidagi o‘rnimiz ancha sharmandali holatga kelib qolgan. Obro‘ni tiklashning yagona yo‘li — g‘alaba. Uchinchidan, keyingi bosqich yanada qiyin bo‘ladi. Shu bois futbolchilarga o‘zlariga bo‘lgan ishonchni qaytarish lozim.

Vadim Abramovdan ushbu o‘yinda hujumkor taktika va mustahkam himoya talab qilinadi. Hayron bo‘lmang, arablarga gol urish mushkulroq, shuning uchun hujumkor o‘ynab, kerakli vaziyatdan foydalanish darkor. Va agar arablar birinchi bo‘lib gol urishsa, qolgan daqiqalar terma jamoamiz a’zolari uchun mushkul va ancha asabiy o‘tishi tayin. Axir arablar qanday o‘ynashini bilamiz.

Vaziyatga real qaraydigan bo‘lsak, Saudiya Arabistoni terma jamoasidan bir bosh ustunmiz. Hatto hozirgi holatda ham. Agar Abramov futbolchilarni to‘g‘ri tanlab, ulardan foydalanish yo‘lini topa olsa, maqsadga erishamiz. Negaki ayni damda bizda arablarni mag‘lub eta oladigan tarkib bor.

Endi Sardor Rashidov masalasi. Shaxsiy fikrimni aytadigan bo‘lsam, Abramov Sardorni termaga chaqirishi kerak. Mayli, zaxiradan tushsin. Shundog‘am zaxirada terma jamoaga yaramaydigan futbolchilar ham o‘tiradi-ku! Sardorda iqtidor bor, tezlik bor, zarba bor. Jarima zarbalarini ham ijro eta oladi. Shu bois bugun matbuot anjumanida Abramovning Rashidov haqidagi savolga bergan javobi asl sabab emasga o‘xshayapti. Takror aytaman, hozir terma jamoada Sardor Rashidovning hozirgi darajasidan ham past bo‘lgan futbolchilar bor. Mayli, bu yog‘i Abramovning tanlovi. Bizga esa uning kimni tanlashi emas, natijasi muhim. G‘alaba qozonsak bo‘ldi, Rashidov o‘ynaydimi yoki boshqasimi, farqi yo‘q.

Shu o‘rinda yana bir gap. Men Abramovning yonini olmoqchi emasman, ammo Rashidov borasidagi qarori tufayli Abramovni tanqidlarga ko‘mib tashlash kerak emas. Biz uchun ham, u uchun ham muhimi terma jamoa.

Erve Renar — chakana murabbiy emas. U oldingi intervyularidan birida “Endigi maqsadim — Saudiya Arabistonini jahon chempionatiga olib chiqish”, dedi. Ishonchim komilki, bugun arablar bizga kutilmagan syurpriz qilishga urinishadi. Ehtiyot bo‘lish kerak.

Ha, aytgancha, janob Abramovning ham yashirin taktikasi bor. Biz  Qirg‘izistonga qarshi o‘yinda bu taktikani ko‘rmadik, chunki Abramov ko‘rsatmadi. Umid qilamizki, bugun futbolchilar Abramovning yashirin taktikasi qanday ekanligini bizga qoyillatib ko‘rsatib berishadi.

Bugun terma jamoamizdan yirik g‘alaba kutmayapman, chunki murakkab o‘yin bo‘ladi. Bugungi jangda muhimi g‘alaba — uning yirik yoki yirik emasligi muhimmas. So‘zim so‘ngida Abramovdan yana bir narsani so‘ragan bo‘lardim: Nesterovni qaytaring, Vadim Karleonovich. Bugungi o‘yinda siz va futbolchilarimizga omad tilab qolaman.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:00, 14.11.2019.
O'qildi: 7583 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.