Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni: birinchi bo‘limdan so‘ng…

O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni: birinchi bo‘limdan so‘ng…

Baho:
+ | -

JCH-2022 saralash doirasidagi O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni o‘yini birinchi bo‘limi tugadi.

O‘yin borasida hozircha e’tiroz yo‘q, to‘g‘ri kamchiliklar bor, axir hech narsa kamchiliksiz bo‘lmaydi.

Xato: ikkinchi qavatga tayanib o‘ynash ish bermayapti. Aftidan, raqib murabbiyi Eldor Shomurodovning bosh bilan o‘ynashdagi mahoratini bilib, uni havoda «bloklash»ni topshirgan. Shu boisdan arablar himoyasida bo‘yi uzun futbolchilar o‘ynashyapti va butun taym davomida havodan uzatilgan to‘plar samara bermayapti. Demak, ikkinchi bo‘limda ana shu jihatni inobatga olish kerak.

Penalti: Rustam Ashurmatov bilan bog‘liq vaziyatda penalti bor edi, shak-shubhasiz. Ashurmatovning harakati menga Ramosning Salohga nisbatan harakatini eslatib yubordi, u raqibning qo‘lini qisib oldi va yiqilgunga qadar qo‘yib yubormadi. Bu vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l — raqibni o‘tkazib yuborish edi.

Ikkinchi vaziyat, Eldor Shomurodov yiqitilgan vaziyatda kontakt bor edi. Ammo aksariyat hollarda, Yevropada bunday holatlarda ko‘pincha penalti berilmaydi. Hakam ham ushbu holatda penalti belgilash uchun yetarli asos yo‘q deb hisobladi.

Hozircha yomon emas. Saudiya Arabistoni juda tezkor o‘ynayapti. Shu bois himoyada tezkorroq futbolchilarga tayangan ma’qul. Odil Ahmedov bir-ikki vaziyatda raqibni o‘tkazib yubordi, Ashurmatov esa terma jamoaga hali to‘liq moslashmaganga o‘xshayapti. Umid qilamizki, ikkinchi bo‘limda Abramov kerakli choralarni ko‘radi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:56, 14.11.2019.
O'qildi: 5699 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик