Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Vadim Abramov: «Futbolchilar aqlni ishlatmadi, aksincha hissiyotlarga berilib ketishdi»

Vadim Abramov: «Futbolchilar aqlni ishlatmadi, aksincha hissiyotlarga berilib ketishdi»

Baho:
+ | -

Jahon chempionati 2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.

“Afsuski, mag‘lub bo‘ldik, haqqoniy yoki aksincha bo‘lganligini aytish qiyin. Afsuslar bo‘lsinki, shuncha muxlis kelgan o‘yinda yutqazdik va ularni xursand qila olmadik. Natija esa juda yomon. Hayot davom etadi, menimcha, hali imkoniyat bor va kurashishda davom etamiz.

Menimcha, Shomurodov yomon o‘ynamadi. Yig‘inga kech kelganiga qaramay yaxshi o‘ynadi. Afsuski, yigitlar 2:1 hisobi vaqtida aqlni ishlatmadi, aksincha hissiyotlarga berilib ketishdi.

To‘g‘ri aytdingiz, birinchi bo‘limdagi qo‘pol xatolarda futbolchi hayajonlangani sezilib qoldi. To‘g‘ri, qisqa vaqt ichida o‘yin uslubimizni o‘zgartirishimiz kerakligi oldindan ma’lum edi. Balki himoyada bunga erisha olmagandirmiz.

Ahmedovning himoya chizig‘ida o‘ynagani haqida...

Mag‘lub bo‘lganimizdan keyin bemalol xato deyishingiz mumkin. Agarda yutganimizda bu umuman xato bo‘lmasdi. Ahmedov, menimcha, himoyada yaxshi o‘ynadi.

Krimesda kichik kamchilik bor, tezlik olishi biroz sekinroq. O‘z maydonimizda o‘yin o‘tkazishimiz sababidan tezkor himoyachilarni maydonga tashladik. Ko‘ramiz, kelajakda nima bo‘lar ekan.

Tayyor g‘alabani qo‘ldan boy berganimiz haqid...

Hozirgina aytganimdek, bugun hissiyot aqldan ustun keldi. Yigitlar uchinchi golni urishga intildi. Saudiyada esa ikkinchi bo‘limda deyarli yaqqol imkoniyatning o‘zi bo‘lmadi. Ammo so‘nggi daqiqalardagi rikoshet va uchinchi gol umuman tushunarsiz chiqdi. Himoyachilar oldinga o‘tib ketaverdi. Xuddi muxlislar qo‘llab-quvvatlovi shunga undayotgandek. Ammo baribir ham aqlni yig‘ib olmadik.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:14, 14.11.2019.
O'qildi: 8383 marta.
Fikrlar: 39 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.