Angliya terma jamoasi va Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Temmi Abraxam Yevro-2020da g‘olib chiqishga ishonmoqda.
– Biz Yevro-2020ni yutishimiz mumkin, bu bizning orzu. Fol ochishni xohlamayman, lekin orzu qilishimiz kerak. Men o‘z ustimda ishlashim kerak, lekin shuni aytishim kerakki, menda hammasi joyida, — Abraxamning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.