Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Zlatanning onasi xristian, otasi musulmonmi?

Zlatanning onasi xristian, otasi musulmonmi?

Baho:
+ | -

Zlatan Ibragimovich — zamonaviy futbolning asosiy yulduzlaridan biri. Shvesiyalik ushbu futbolchi doim OAV diqqat-markazida yuradi.

U nafaqat o‘yini bilan, balki tajovuzkor xatti-harakati bilan ham mashhur bo‘lgan futbolchi. Sportchi milliy chempionatlardagi ko‘plab klublarga g‘alabalar olib kelgani rost.

OTASI — MUSULMON

Buni qarangki, Zlatan Shvesiyada tug‘ilgan bo‘lsa-da, millati bo‘yicha bosniyalik xorvatlardan ekan. Ota-onasi turli dinlarga mansub bo‘lganlar, ya’ni onasi xristian, otasi esa musulmon.

Zlatanning yoshligida ota-onasi ajrashib ketishadi. Bunga diniy tafovut sabab bo‘lganmi yoki boshqa biror omilmi, bu haqda ma’lumot yo‘q. Ma’lumi shuki, ajrimdan so‘ng Zlatan onasi bilan qoladi.

DINDOR EMAS

Ibragimovich hech bir dinga e’tiqod qilmaydi. O‘zini dindor deb hisoblamaydi. Bolaligi Shvesiyaning Malmyo shahridagi noqulay hududda o‘tgan. Onasining qat’iy tarbiyasiga qaramay, bola o‘g‘rilik qilgan va bolalar bilan tinimsiz urishgan, shuningdek, turli jinoiy harakatlarga ham qo‘shilgan. Uning o‘zi esa velosipedini o‘g‘irlab ketishganini eslaydi.

Zlatan maktabda o‘qishni umuman istamasdi, lekin matematika jonu dili edi. Mantiqiy fikrlash va dunyoqarashi kengligi ko‘p hollarda unga qo‘l kelardi.

SPORT — QAMOQDAN QUTQARGAN

Zlatan sport uni qamoqdan qutqarganini ta’kidlaydi. Chunki agar futbolga qiziqib, chalg‘imaganida jinoyat yo‘liga kirib ketgan bo‘lardi. Ibragimovichning o‘zi buni ko‘p bora ta’kidlagan.

O‘z navbatida sportga qiziqqan Zlatan nafaqat futbol bilan, balki jang san’ati bilan ham shug‘ullangan. Shunchalik jiddiy shug‘ullanganki, tayekvondoda qora kamarni qo‘lga kiritadi.

6 yoshida Zlatanga butsa sovg‘a qilishadi. Ana shundan keyin u futbol bilan shug‘ullana boshlaydi.

Zlatanning taekvondo bilan shug‘ullangani futboldagi xatti-harakatlarida sezilib turadi. U aksariyat vaziyatda taekvondo usulida gol urishni xo‘sh ko‘radi. Shuningdek, jamoadoshlariga qaltis hazillar qilishda ham taekvondocha usullardan foydalanib turadi.

 

Manba: isport.ua
Kiritildi: 12:22, 16.11.2019.
O'qildi: 6236 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.