Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

O‘zbekistonga OFK kubogi uchun 1ta o‘rin taqdim etilishi mumkin

O‘zbekistonga OFK kubogi uchun 1ta o‘rin taqdim etilishi mumkin

Baho:
+ | -

2021 yilgi mavsumdan boshlab O‘zbekiston klublari OFK kubogi musobaqasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Alisher Nikimbayev o‘zining telegramdagi kanali orqali xabar tarqatdi.

OFK Ijroqo‘mi oktyabr oyida qabul qilgan qarorga ko‘ra, 2021 yilgi mavsumdan boshlab Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi jamoalar soni 32tadan 40taga oshiriladi. Ammo Sharq va G‘arb mintaqalaridagi OFK reytingida dastlabki 6ta o‘rinni band etgan mamlakatlarning kvotalari o‘zgarmaydi. Shu bois, O‘zbekiston uchun OCHLdagi kvotasi "1+1" ko‘rinishida qoladi. Jamoalar soni reytingda 7-10-o‘rinni egallagan mamlakatlarga beriladigan bitta o‘rinlar evaziga oshiriladi.

OFK ko‘rib chiqayotgan loyihaga ko‘ra, esa reytingda dastlabki 6ta pog‘onani band etgan mamlakatlar uchun OFK kubogi guruh bosqichi uchun qo‘shimcha bittadan o‘rin ajratish rejalashtirilmoqda. OFK musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasi ushbu loyihani 5 kundan keyin ko‘rib chiqadi.

Demak, ushbu tasdiqlansa, 2021 va 2022 yilgi mavsumlarda O‘zbekistonning 3 klubi qit’a miqyosida musobaqada ishtirok etadi: Osiyo chempionlar ligasida — 2ta (1+1) va OFK kubogida — 1ta.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:08, 19.11.2019.
O'qildi: 7634 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.