Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

WBO yangilangan reytingida o‘zbekistonlik ikki bokschi yuqoriladi

WBO yangilangan reytingida o‘zbekistonlik ikki bokschi yuqoriladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) noyabr oyi uchun bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, reytingda yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) bu safar o‘tgan oydagi o‘rnidan bir pog‘ona yuqorilab, 10-o‘rinni band etgan. Ayni vaqtda Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi, WBC reytingida esa oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

O‘ta yengil (-50,80 kg, 112 fut) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Olimjon Nazarov (19-5, 11 KO) esa o‘tgan oydagi ko‘rsatkichidan ikki pog‘ona yuqorilab 14-o‘ringa joylashgan. Eslatib o‘tamiz, Olimjon Nazarov avgust oyida filippinlik Ivan Sorianoni (20-3-1, 10 KO) ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, WBO Oriental (mintaqaviy) chempionlik kamari sohibi bo‘lgan va shu orqali reytingdan joy olgandi.

Super yengil vazn (-63,5 kg) toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) esa o‘tgan oydagi kabi 11-o‘rinda qolgan. Shohjahon Ergashev ayni vaqtda WBA reytingida ham, IBF reytingida ham bir xil — oltinchi o‘rinda bormoqda.

Reytingdan o‘zbekistonlik boshqa sportchilar joy olishmagan.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 09:49, 20.11.2019.
O'qildi: 1960 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.