Futbol olamida katta mashxurlikka erishgan futbolchilarning barchasi ham hozirgi pozisiyasida faoliyatini boshlamaganidan xabaringiz bo‘lsa, ajab emas. Bugun ana shunday futbolchilarning eng mashxurlari haqida so‘z boradi.
Pol Skouls
«Manchester Yunayted»ning tirik afsonalaridan biri sanalmush Polning aslida hujumchi ekanligidan ko‘pchilikning xabari bo‘lmasa, kerak. Darhaqiqat, Xavi tomonidan barcha zamonlarnin eng kuchli yarim himoyachi deb e’tirof etilgan qahramonimiz o‘z kariyerasini aynan markaziy hujumchi sifatida boshlabgina qolmay, yoshlar ligasida to‘purarlikni ham namoyish etgan. Barchasini Roy Kinning jarohati o‘zgartirib yuboradi. Irlandiyalik futbolchining o‘rnini to‘ldirish uchun tayanch zonasida maydonga tushgan Skouls ushbu pozisiyada kariyerasining so‘nggiga qadar qolib ketdi. Undagi kuchli zarba va sovuqqonlik aynan hujumchilik davrlarida ortirilgan ko‘nikmaning mahsuli desak, adashamgan bo‘lamiz.
Vensan Kompani
Belgiya va Germaniya chempionatlarida tayanch yarim himoyachisi sifatida to‘p surgan qahramonimiz «Manchester Siti» tomonidan aynan tayanch yarim himoyachisi sifatida harid qilinadi. Jismonan baquvvat Vinsantning imkoniyatlarini o‘zgacha chamalagan Manchini uni markaziy himoyachi pozisiyasiga o‘tkazadi va futbolchining yangi qirralarini kashf etadi. Yangi pozisiyaga tezda moslashib olgan Kompaniy APLning eng kuchli himoyachilaridan biriga aylanadi va 11 yil davomida klub sharafini himoya qilibgina qolmay, «Manchester Siti»ning sardori sifatida ko‘plab musobaqalarda g‘olib bo‘lishni va bir-biridan chiroyli gollarni kiritishga muvaffaq bo‘ladi.
Bastian Shvaynshtayger
20-asrning ilk yillarida «Bavariya» klubi safida porlab chiqqan hujumkor yarim himoyachi Bastian ham ushbu ro‘yaxatimizda mavjud. Klub akademiyasining faxri sanalmush fubolchining asl pozisiyasi hujumchi ortidagi yarim himoyachi edi, biroq Lui van Gal barchasini o‘zgartirib yubordi. «Bavariya» postiga kelgan gollandiyalik murabbiy Bastianni to‘liq tayanch yarim himoyasiga o‘tkazdi va himoyadagi katta hajmdagi ishni uning yelkasiga yukladi. Eng qizig‘I shundaki, ushbu qaror o‘zini to‘liq oqladi. Yangi nuqtada futbolchi chinakam erkin rassomga aylandi. U endilikda vaziyatdan kelib chiqib markazning turli nuqtalarida ko‘rinish berar, va o‘yinda eng foydali futbolchilardan biri sifatida yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. «Bavariya» safidagi trebl va Germaniya safidagi JCH g‘olibliklari ham uning aynan Van Gal tomonidan o‘zgartirilgan pozisiyasida harakat qilgan chog‘ida amalga oshgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi.
Garet Beyl
O‘zining futboldagi ilk saboqlarini qanot himoyachisi sifatida olgan Beylning taqdiri bunday ko‘rinish olishini hech kim tahmin ham qilmgan bo‘lsa, ajab emas. Uelslik bolakay, «Tottenehem» klubi tomonidan aynan qanot himoyachisi sifatida harid qilingan va o‘zining ilk mavsumida aynan ushbu pozisiyada ko‘rinish bergan edi. Eng qizig‘I shundaki, hujumchi sevuchi Beyl ko‘pincha o‘z qanotida qo‘pol xatollarga yo‘l qo‘yar va murabbiyning hafsalasini pir qilishni boshlaydi. («Mirror» nashrning xabar berishicha, «Shporlar» xatto uni ortga qaytarib yuborish variyantini ham ko‘rib chiqishgan ekan) Shunga qaramay, YECHL doirasidai «Inter»ga qarshi ikki o‘yin futbolchining taqdirini tamomila o‘zgaritib yuboradi. Ilk bor himoyadan hujumga ko‘chirilgan futbolchining o‘yinlarida keskin o‘sish kuzatiladi. Endilikda Beyl himoyadagi barcha vazifalardan ozod etilgan va to‘liq e’tiborini hujumga qaratish imkoniga ega bo‘ladi va u bu imkoniyatdan juda unumli foydalanadi. Fantastik sermahsul mavsumlardan so‘ng, o‘sha davr uchun fantastik summa evaziga «Real Madrid»ga yo‘l olgan futbolchi klublar miqiyosidagi barcha musobaqada g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgani, e’tiborga molik.
Ya . U