Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Messi: “Menga chiroyli soch turmagi va kelishgan qomatning keragi yo‘q”

Messi: “Menga chiroyli soch turmagi va kelishgan qomatning keragi yo‘q”

Baho:
+ | -

“Barselona” futbolchisi Lionel Messi o‘ziga xos xarakter egasi hisoblanadi. Bu uning nafaqat o‘yini, balki fikrlarida ham aks etib turadi. Quyida Leoning o‘ziga xos fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Hayot haqida

“Hayotingdagi eng og‘ir kun sen endi eng yaxshi emasligingni tushungan kuningdir” .

“Ishtiyoq va iqtidor doim birga yurishi kerak”.

Dunyo haqida

“Meni dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishdan ko‘ra eng yaxshi odam bo‘lish ko‘proq tashvishga soladi. Axir o‘zingiz o‘ylang, siz uchun hammasi tugasa, arzirli nimangiz qoladi”.

G‘alaba va mag‘lubiyat haqida

“Hayotda g‘alaba va mag‘lubiyatdan ham muhimroq narsalar bor”.

Futbol haqida

“Menga chiroyli soch turmagi va kelishgan tana kerak emas. Chunki to‘p tepadigan oyoqlarim bo‘lsa va men ular bilan nimalar qila olishimni ko‘rsatsam bas”.

“Men futbolni hatto tekinga ham o‘ynayveraman”.

Muvaffaqiyat haqida

“Har doim eng yaxshi bo‘lishga intilaman. Ikkita gol urgan paytimda menda uchinchi golni ham urish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Bu motivasiya — hayotda omadga erishish uchun muhim bo‘lgan omildir”.

“Men har bitta o‘yinda xuddi bu final, yagona imkoniyatdek harakat qilaman”.

“Hech qachon hech narsadan afsuslanmayman. Kecha sodir bo‘lgan narsa kecha bilan qoldi, endi ertangi kunni o‘ylash kerak. Hayotim juda tez o‘tyapti, o‘tgan narsalarni o‘ylab o‘tirishi kerak emas.

Natija haqida

“Men uchun nimadir qilish muammo emas, ammo Xavi va Inyesta bilan qilganlarimni takrorlay olmayman”.

“Ota bo‘lish – e’tiborni yangi narsaga qaratish. Kecha senda millionta muhim ishing bor edi,  bugun esa o‘g‘ling eng muhim ishga aylandi.

“Hayot ajoyib, qachonki sen har kuni yangi narsani o‘rgansang.

Hissiyotlari haqida

“Futbolchi faoliyatining eng qiyin qismi nima? Intervyu”.

“Men Ronalduni buyuk futbolchi deb hisoblayman va unga hasad qilmayman. Agar u bo‘lmaganida men bir joyda turib qolardim. U tufayli bugungi darajaga erishganman”.

Vaqt haqida

“Har doim o‘zingga bir gapni takrorlab turishing kerak: hech kim doim g‘alaba qozona olmaydi”.

 

Manba: ru.citaty.net
Kiritildi: 06:00, 21.11.2019.
O'qildi: 9951 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.