Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Sneyder: «Men Messi va Ronaldular qatorida bo‘lishim mumkin edi, ammo o‘zim xohlamaganman»

Sneyder: «Men Messi va Ronaldular qatorida bo‘lishim mumkin edi, ammo o‘zim xohlamaganman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Italiyaning «Inter»  va Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Uesli Sneyder Lionel Messi va Krishtianu Ronaldular bilan bir xil saviyada bo‘lishi mumkinligini, ammo buni o‘zi xohlamaganligini gapirib berdi.

— Ishonchim komilki, agar o‘z kuchimni 100 foiz sarflab, o‘z ustimda tinimsiz ishlaganimda Messi va Ronaldular saviyasida bo‘lgan bo‘lar edim. Men buni bilaman, — Sneyderning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Voetbalzone.

— Men buni xohlamaganman va bundan afsuslanmayman. Gap men buni qila olmasligimda emas, men buni xohlamaganligimda. Men o‘z faoliyatidan zavqlanganman. Menga futbol o‘ynash shunchaki yoqardi. Men nimani yutish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, barchasini yutganman, shu boisdan faoliyatim haqida bir sekundga ham afsuslanmayman. Men jamoaviy o‘yin futbolchisiman va o‘ylaymanki, bu jamoa muvaffaqiyati uchun juda muhim narsa. Oradan 10 yil o‘tgan bo‘lsada, odamlar haliyam men 2010 yili “Oltin to‘p”ni yutishim mumkinligi haqida gapirishadi. Biroq, menda bu borada muammo yo‘q. Men doim aytaman: «Yigitlar, men Yevropa Chempionlari Ligasini yutganman. Menga yakka sovrinlardan ko‘ra, jamoaviy sovrinlar muhimroq edi».

Uesli Sneyder joriy yilning avgust oyida futbolchilik faoliyatini yakunladi. U Gollandiya terma jamoasi safida 134 ta uchrashuvda maydonga tushdi va terma jamoasi rekordchisi hisoblanadi. 2009/10 yilgi mavsumda Sneyder “Inter” klubi bilan trebl qilgan (Italiya chempionligi, Italiya Kubogi, YECHL — muallif.)  va terma jamoasi bilan Jahon chempionatining finaligacha yetib borgan.

Kiritildi: 12:31, 21.11.2019.
O'qildi: 4100 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.