Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

RPLdagi eng omadsiz transferlar

RPLdagi eng omadsiz transferlar

Baho:
+ | -

Rossiya chempionati Yevropaning boshqa birinchiliklaridan o‘zining noodatiy ob-havosi va o‘zgacha murabbiylari bilan ajralib turadi. Darhaqiqat, ushbu birinchilikda omadli to‘p surish barchaga ham nasib etavermaydi. Bugun Rossiya chempionatidagi eng omadsiz transferlar haqida so‘z boradi.

Obafimi Martens



2011-yilda Rossiyadagi eng qudratli klublardan biri sanalmush Rubin o‘z tarixidagi eng omadsiz transferlardan biriga qo‘l uradi. «Inter»dagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Obafime Martins uchun naqd 9 million yevrodan voz kechgan klub nigeriyalik hujumchidan naf chiqara olmadi desak, adashmagan bo‘lamiz. O‘zining ilk mavsumida atigi 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchi mavsum so‘nggida bir mavsum «Birmingem» klubiga ijaraga berib yuboriladi. Ijaradan so‘ng Qozonga qaytgan hujumchi kichik jarohat ortirib oladi va safdan chiqadi. Bu orada «Rubin»ning ishlari ortga ketishni boshlaydi. Martens yil boshida zahirada o‘tirgan bo‘lsa, mavsum so‘nggiga qadar Qurbon Berdiyevning ishonchini qozona olmaydi va to‘liq zahira futblchisiga aylanib qoladi. Shartnoma so‘nggiga qadar atigi 20 ta uchashuvda maydonga tushgan Martens o‘z hisobiga bor-yo‘gi 2 ta gol yozib qo‘yadi.

Bruno Alvesh



«Portu» safida ichki chempionatdagi barcha musobaqalarda g‘olib chiqqan Bruno 2010-yildagi mundialda Portugaliyaning asosiy himoyachisiga aylanadi.  Aynan ushbu omil tufayli «Zenit» himoyachini 22 million yevro evaziga harid qiladi. Avvaliga ushbu xarid omadli ko‘ringan bo‘lsada, ko‘p o‘tmay piterliklarning xatoga yo‘l qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Alvesh uzoq vaqt asosiy tarkibda to‘p surgan bo‘lsada, kurashlarda imkoniyati boy berar, ortiqcha qo‘pollik ishlatishga moyilroq edi. Uning ishonchsiz o‘yinlaridan charchagan Spaletti asosiy himoyachi pozisiyasini Tomash Hubochanga ishonib topshira boshlaydi va ko‘p o‘tmay «Zenit» himoyachini «Fenerbahche» klubiga 5,5 million yevro evaziga pullab yuboradi.

Karlos Eduardo


2010-yilda «Rubin» klubi mutasaddilari o‘z tarixlaridagi eng omadli transferga qo‘l urishgan edi. 20 million yevro evaziga «Xoffenxaym»dan harid qilingan Karlos Eduardoning kelajagiga hech kim shubha qilmayotgan edi desak, adashmagan bo‘lamiz. Braziliya terma jamoasida debyut qilishga ham muvaffaq bo‘lgan qahramonimiz Qozondagi debyut uchrashuvidayoq «Amkar» darvozasiga 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ladi, biroq ko‘p o‘tmay tizasidan juda og‘ir jarohat oladi va uzoq muddatga safdan chiqadi. Jarohatdan so‘ng, o‘ziga kela olmagan futbolchi qolgan 4 yil davomida boshqa birorta gol kiritishni uddalay olmagani juda achinarli.

Nunu Manisha


2005-yilda Moskvaning «Dinamo» jamoasi tomonidan harid qilingan Manisha amaldagi YECHL g‘olibi va o‘z pozisiyasidagi eng kuchli futbolchilardan biri edi. O‘sha davrlar uchun fantastik summa hisoblagan 15 million yevro harid qilingan Manishaning Rossiya chempionatida paydo bo‘lishi barchani hayratga solgan bo‘lsa, ajab emas. O‘zining ilk mavsumidayoq muxlislarning hafsalasini pir qiladi. Portugaliyalik futbolchi Rossiyaning ob-havosidan noliyvergach, klubning ashaddiy muxlisalri ham yomon ko‘rib qoladi. Oqibatda, klub uni «Chelsi»ga ijaraga berib yuboradi. Oradan bir yil o‘tib esa, «Atletiko Madrid» futbolcchinig huquqini sotib oladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:35, 21.11.2019.
O'qildi: 4312 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.