Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Bundesliga. «Borussiya D» autsayder bilan o‘yinda 0:3 hisobini durangga aylantirdi (videosharh)

Bundesliga. «Borussiya D» autsayder bilan o‘yinda 0:3 hisobini durangga aylantirdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 12-turiga start berildi. Dortmundning "Borussiya" klubi o‘z maydonida "Paderborn"ni qabul qilib, mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutulib qoldi.

Mehmonlar, kutilmaganda, tanaffusga qadar maydon egalari darvozasini 3 marta ishg‘ol qilishdi. Ikkinchi bo‘limda esa dortmundliklar raqib darvozasiga shuncha marta yo‘l topishdi. Ular ikkinchi golni o‘yin tugashiga 6 daqiq qolganida urishgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirishdi.

Ushbu durang tufayli "Borussiya" 20 ochko bilan jadvalda 5-o‘rinni egallab turibdi. "Paderborn" esa 5 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

Germaniya chempionati, 12-tur
Borussiya D – Paderborn 3:3 (0:3, 3:0)
Gollar: 0:1 – 5 Mamba, 0:2 – 37 Mamba, 0:3 – 43 Xoltmann, 1:3 – 47 Sancho, 2:3 – 84 Vitsel, 3:3 – 90+3 Roys.
Borussiya D – Byurki, Pishchek, Vaygl, Xummels, Shuls (Xakimi, 46), Vitsel, Daud (Azar, 46), Sancho, Roys, Gerreyru, Pako Alkaser (Brandt, 45).
Paderborn – Singerle, Yans, Kilian, Shonlau, Kollinz, Gyasula, Vasiliadis (Sabiri, 40), Preger, Solinski (Mixel, 77), Xoltmann (Antvi-Adjey, 62), Mamba.
Ogohlantirishlar: Xummels (28), Vaygl (74), Xakimi (84), Kollinz (84).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:17, 23.11.2019.
O'qildi: 3209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик