Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge

Shaxmatchilarimiz xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lishdi

Shaxmatchilarimiz xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 16-22 noyabr kunlari Turkiyaning Mersin shahrida “MERSİN METROPOLITAN MUNICIPALITY 4th INTERNATIONAL CHESS TOURNAMENT” turniri bo‘lib o‘tdi. Turnirda O‘zbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubbayev, Alixan Guseynov, Halim To‘rayev hamda qizlardan Sevara Boymuratova himoya qildi.

O‘zbekiston shaxmat federasiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur musobaqada 15 davlatdan 81 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ular orasida 13 nafar grossmeyster hamda 15 nafar xalqaro sport ustalari ham dona surishdi. Turnir shveysarcha tizimda, 9 turdan iborat bo‘ldi hamda har bir partiya oxirigacha 90 daqiqa vaqt berildi.

Kuni kech o‘z nihoyasiga yetgan musobaqada xalqaro grossmeysterimiz Abdusattorov Nodirbek 9 ochkodan 7 ochko jamg‘arib turnir g‘olibiga aylandi. Boymuratova Sevara esa 5,5 ochko bilan qizlar o‘rtasida chempion bo‘ldi.

Kiritildi: 15:13, 23.11.2019.
O'qildi: 1745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.