Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Superliga va Pro-liga klublari bosh murabbiy va rahbarlari uchun kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Superliga va Pro-liga klublari bosh murabbiy va rahbarlari uchun kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Joriy yilning iyul oyida Osiyo futbol konfederasiyasi bosh qarorgohida bo‘lgan Ravshan Ermatov boshchiligidagi O‘FA delegasiyasi OFKning kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash olib borish masalasi bo‘yicha mas’ullari – AFC Integrity departamenti rahbari Ahmed Alosaymi, shuningdek, Sportradar kompaniyasi direktori Oskar Brodkin bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Uchrashuv chog‘ida OFK vakillari O‘zbekistondagi ichki musobaqalarda kelishilgan o‘yinlar tashkil etilishiga qarshi kurashda O‘zbekiston futbol assosiasiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini hamda bu borada o‘zaro hamkorlikda ish olib borishga tayyor ekanini ma’lum qilishgan edi. O‘z navbatida Ravshan Ermatov ham mamlakatimizda futbolning rivoji uchun to‘sqinlik qilayotgan turli qing‘irliklardan holi bo‘lish muhim ekani, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashda O‘FAning qit’a futbol konfederasiyasi bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishi yanada samara berishini ta’kidlagan edi.

Shu maqsadda kuni kecha AFC Integrity vakillari yurtimizga tashrif buyurib, Superliga va Pro-liga klublari bosh murabbiy va rahbarlari uchun maxsus seminar tashkil etishdi. Seminar davomida kelishilgan o‘yinlar tashkil etilishining oldini olish, o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatilishiga qaratilgan har qanday xatti-harakatga qarshi kurashish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar taqdim etildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:50, 23.11.2019.
O'qildi: 1942 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик