Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

A seriya. «Atalanta» yaxshi o‘ynab, «Yuventus»ga yutqazdi

A seriya. «Atalanta» yaxshi o‘ynab, «Yuventus»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv yakuniga yetdi. «Atalanta» o‘z uyida «Yuventus»ga qarshi juda yaxshi o‘yin namoyish qilib, mag‘lubiyat alamini tortishga majbur bo‘ldi.

Ayniqsa, bergamoliklar tanaffusga qadar raqib darvozasiga kamida 2ta to‘p kiritishlari kerak edi. 16-daqiqada to‘p Sami Xediraning qo‘liga tekkani bois "Yuventus" darvozasiga penalti belgiladi. Musa Barrou tomonidan yo‘llangan zarba ustunga tegib qaytdi.

Bo‘lim o‘rtalarida esa mezbonlar yana 2ta vaziyatga ega bo‘lishdi. "Keksa sinyora" posboni Voysex Shchesni va himoyachi Mattia De Shilyo qiyin vaziyatda o‘z jamoasini qutqarishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa "Atalanta" hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Barrouning uzatmasidan keyin Robin Gosens bosh bilan darvozani ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

G‘oliblik DNKsiga ega bo‘lgan "Yuventus" qolgan daqiqalarda 3ta hujum uyushtirdi va 3ta gol urib, g‘alabani ilib ketdi. Iguain dublga erishgan bo‘lsa, Paulo Dibala o‘z hisobiga bitta gol yozdi.

Ushbu g‘alaba tufayli "Yuve" o‘zining mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini 35taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamladi.

Italiya A seriyasi, 13-tur
Atalanta – Yuventus 1:3 (0:0, 1:3)
Gollar: 1:0 – 56 Gosens, 1:1 – 74 Iguain, 1:2 – 82 Iguain, 1:3 – 90 Dibala.
Atalanta – Gollini, Xatebur, Toloi, Gimshiti, Gosens (Kastan, 71), Gomes, Pashalich, Froyler (Traore, 85), de Ron, Palomino, Barrou (Muriel, 57).
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, De Shilyo, Pyanich, Kuadrado, Bentankur (Duglas Kosta, 58), Xedira (Emre Jan, 70), Bernardeski (Remzi, 26), Dibala, Iguain.
Ogohlantirishlar: Iguain (7), Palomino (10), Dibala (27), Froyler (41), Gosens (45), Kuadrado (45), Toloi (61), Gollini (82).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:58, 23.11.2019.
O'qildi: 3972 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.