Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Vadim Abramov: «Paxtakor»ni mag‘lub etishga harakat qilamiz»

Vadim Abramov: «Paxtakor»ni mag‘lub etishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Navbahor» (2:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

- Bugun kurashlarga boy o‘yin guvohiga aylandik. Nazarimda bugungi bahs muxlislarga ham ma’qul bo‘ldi. «Navbahor» jiddiy raqib! Biz anchadan beri g‘alaba qozonmagan edik. Shu bois futbolchilarda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchli edi. O‘yinni juda yaxshi boshladik. Dastlabki 15 daqiqada ustunlik qildik. Keyin individual xatolar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim uchun yigitlarga rahmat! Maydonga tushishdi, xotirjam harakat qilishdi va gol urishdi. Raqib darvozasini ishg‘ol qilish uchun boshqa imkoniyatlarimiz ham bo‘ldi. Fikrimcha, bugun biz g‘alabaga yaqinroq edik.

«Paxtakor»ni mag‘lub etishga harakat qilamiz. Chunki hozir bizga g‘alaba har doimgidan-da, ko‘proq kerak. «Paxtakor» barcha sovrinlarini qo‘lga kiritib bo‘ldi. O‘ylashimcha, qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Yigitlar bu bahsga munosib ravishda tayyorgarlik ko‘rishadi va chempionni mag‘lub etish uchun bor imkoniyatni ishga solishadi.

Muxlislarni stadionga qaytarish uchun nima qilish kerak? Fikrimcha, uchrashuvlarning reklamasini ko‘paytirish, ko‘chalardagi afishalar sonini oshirishimiz lozim. Menimcha, shu jihat ishqibozlarni stadionga qaytishiga kamlik qilyapti. Boisi, jamoalar chiroyli, muxlislarga yoqadigan o‘yin namoyish qilmoqda. Lekin uchrashuvlar qachon o‘tkazilayotganini ayrim holatlarda biz ham bila olmay qolyapmiz.

Har uch kunda maydonga tushayotganimizni tabiiy va to‘g‘ri deb qabul qilaman. Jahon futboli buni to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib bermoqda. Aksincha, biz chempionatda kam maydonga tushyapmiz. Mashg‘ulotlar mayli, futbolchilar uchrashuvlarda maydonga tushish orqali o‘sadi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 21:20, 24.11.2019.
O'qildi: 3613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.