"Manchester Siti" futbolchisi Rahim Sterlingning klubdagi kelajagi so‘roq ostida. Bu haqda "The Sun" yozmoqda.
Manbaga ko‘ra, ingliz futbolchisi klub rahbariyatining shartnomani uzaytirish haqidagi taklifini rad etgan. U "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiolaning qarorini kutyapti. Agar Pep jamoada qolishga qaror qilsa, Sterling "Manchester Siti"dan ketadi.
Ma’lumot uchun, "MYU" Rahim uchun yiliga 27 mln yevrodan ko‘proq berishga tayyor.