Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Yurgen Klopp «Oltin to‘p»ga kim loyiq ekanligini aytdi

Yurgen Klopp «Oltin to‘p»ga kim loyiq ekanligini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Intervyular

Bugun taniqli «Fut Bazza» nashri Yurgen Kloppning «Oltin to‘p» borasida bildirgan qiziqarli kichik intervyusini e’lon qildi. Germaniyalik mutaxassis tomonidan bildirilgan fikrlarni e’tiboringizga havola etamiz.

«Oltin to‘p» borasidagi savollar bir haftadan so‘ng, o‘z yakuniga yetishidan juda xursandman. Bu mavsum haqiqatdan ham teng kurashlarda o‘tdi. G‘oliblik uchun nomzod futbolchilarning barchasi ajoyib mavsumlarni o‘tkazishdi. Shunday bo‘lsada, gap eng kuchlilar haqida borar ekan. Ulardan birini e’tirof etish lozim. Keling, vaziyatga real ko‘z bilan qaraylik. Agarda «Oltin to‘p» ushbu avlodning eng kuchli futbolchisiga berilishi kerak bo‘lsa, uni Messi olishi kerak.

Agarda, o‘tgan mavsumning eng kuchli futbolchisiga topshirilsa, bu sovrin yuz foiz Virjil van Deykka tegishli. Hozircha so‘nggi qarorni kutishdan boshqa choramiz yo‘q. Unga qadar qaysidir futbolchini noloyiq deyishdan yiroqman. So‘rovnoma qay darajada shafof o‘tishi natijaning haqqoniy bo‘lishini ta’minlab beradi degan umiddaman. Darhaqiqat tanlov oson bo‘lmasligi aniq, lekin har bir ertakning yakuni bo‘lishi lozim. O‘ylashimcha, g‘olib nomi e’lon qilingach hech kimda hech qanday shubxa va gumon qolmaydi.

Manba: Fut Bazza
Kiritildi: 18:23, 25.11.2019.
O'qildi: 10967 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.