Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

YECHL. «V» guruhi. Levandovskidan «poker», «Tottenxem»dan irodali g‘alaba va Mourinyo jamoasi pley-offga chiqdi

YECHL. «V» guruhi. Levandovskidan «poker», «Tottenxem»dan irodali g‘alaba va Mourinyo jamoasi pley-offga chiqdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining "V" guruhida "Bavariya" guruh bosqichi tugashiga 2ta tur qolganida pley-off bosqichi yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan edi.

Myunxenliklar 5-turda "Srvena Zvezda" maydoniga tashrif buyurib, raqibni 6:0 hisobida tor-mor etishdi. Polshalik hujumchi Robert Levandovski bugun "poker"ga erishdi.

Gresiyaning "Olimpiakos" jamoasi esa Londonda Mourinyo boshchiligidagi "Tottenxem"ni ancha qiynab qo‘ydi. Mehmonlar bahsning 6-daqiqasidayoq El-Arabiyning ajoyib zarbasi esaziga hisobni ochishdi. 19-daqiqaga kelib "shporlar"ning himoyadagi ishonchsiz o‘yini tufayli Ruben Semedu gresiyaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

"Tottenxem" esa birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada Dele Allining goli evaziga hisobni bittaga qisqartirishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa londonliklar g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishdi. Xarri Keyin ikkita gol urgan bo‘lsa, Orye bitta golga mualliflik qildi.

"V" guruhida "Bavariya" birinchi o‘rin, "Tottenxem" esa ikkinchi pog‘ona bilan pley-off bosqichi yo‘llanmasini naqd qildi.

Yevropa chempionlar ligasi, "V" guruhi. 5-tur
Tottenxem Angliya – Olimpiakos Gresiya 4:2 (1:2, 3:0)
Gollar: 0:1 – 6 El-Arabiy, 0:2 – 19 Ruben Semedu, 1:2 – 45+1 Alli, 2:2 – 50 Keyn, 3:2 – 73 OrYE, 4:2 – 77 Keyn.
Tottenxem – Gassaniga, Sanches, OrYE, Rouz, Alderveyreld, Lukas Moura (Sissoko, 61), Dayer (Eriksen, 29), Alli (Ndombele, 83), Uinks, Son Xin Min, Keyn.
Olimpiakos – Joze Sa, Elabdellaui, Simikas, Ruben Semedu, Merya, Buxalakis (Valbuena, 74), Gilyerme, Podense (Randjelovich, 79), Kamara, Masuras, El-Arabiy (Gerrero, 85).
Ogohlantirishlar: Ruben Semedu (39), Alderveyreld (61), Buxalakis (68), Simikas (71), Podense (75).
 
Srvena Zvezda Serbiya – Bavariya Germaniya 0:6 (0:1, 0:5)
Gollar: 0:1 – 14 Goretska, 0:2 – 53, penalti Levandovski, 0:3 – 60 Levandovski, 0:4 – 64 Levandovski, 0:5 – 67 Levandovski, 0:6 – 89 Tolisso.
Srvena Zvezda – Boryan, Rodich, Milunovich, Degenek, Gobelich, Marin, Petrovich (Ivanich, 76), Garsiya (Pankov, 69), Kanyas (Vulich, 61), Vukanovich, Boachi.
Bavariya – Noyer, Devis, Boateng, Pavar, Tolisso, Koutinyo (Perishich, 60), Goretska, Alkantara, Koman, Martines (Kimmix, 68), Levandovski (Myuller, 77).
Ogohlantirish: Milunovich (6).

JamoaO‘yin G‘    D  Mag‘-tT - N Ochko
1 Bavariya 5 5 0 0 21-4 15
2 Tottenhem 5 3 1 1 17-11 10
3 Srvena Zvezda 5 1 0 4 3-19 3
4 Olimpiakos 5 0 1 4 7-14 1
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:18, 27.11.2019.
O'qildi: 4821 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.