Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi a’zolari tantanali tarzda kutib olindi

O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi a’zolari tantanali tarzda kutib olindi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasi davomida ishonchli va barqaror o‘yin namoyish etgan olimpiyachi qizlarimiz barcha uchrashuvlarni o‘z foydalariga hal etishdi. 5 ta uchrashuvda 29 marta raqiblar darvozasi ishg‘ol etilib, o‘z darvozamiz daxlsizligi esa saqlab qolindi. Yakunda eng ko‘p ochko jamg‘arishga erishgan Bahrom Norsafarov shogirdlari turnir g‘olibligini tantana qilishdi.

Bugun Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi chempionatida zafar quchgan O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi. Chempionlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeroportida O‘FA, futbol jamoatchiligi vakillari va muxlislar tantanali ravishda kutib olishdi.

So‘ngra O‘zbekiston futbol assosiasiyasi binosida O‘FA rahbariyati O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Unda futbolchi qizlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklar ekan O‘FA Birinchi vise-prezidenti yurtimiz sha’nini xalqaro maydonda himoya qiluvchi har bir terma jamoamizdan muxlislar hamisha yuqori natijalarni kutishini ta’kidlab o‘tdi.

"Har bir yosh toifasidagi terma jamoamizning yutug‘i – futbolni chin dildan sevadigan xalqimizni xushnud etadi. O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasining Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi chempionatida g‘olib chiqqanidan ham barchamiz birdek quvondik. Ushbu muvaffaqiyat ahil jamoaning mashaqqatli mehnati maxsuli ekanini bilamiz. Muhimi – mana shu ahillik va o‘zaro ishonchni jamoadagi hamisha eng ustuvor jihatlar bo‘lishiga intilishingizni istardik. Zero hali oldinda 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan qit’a chempionatiga jiddiy hozirlik olib borishimiz va unda munosib ishtirok etishimiz lozim. Asosiy maqsadimiz esa – Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish sanaladi. Bu yo‘lda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi terma jamoamiz uchun barcha zarur shart-sharoitni yaratib beradi. Eng muhimi – sizlar chiroyli o‘yin va yaxshi natijalar bilan xalqimizni xushnud etsangiz bo‘lgani", - deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.

Samimiy suhbat tarzida o‘tgan uchrashuv mobaynida O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi a’zolari ham bunday ishonch va e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

"Avvalo musobaqa mobaynida terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Oldinda bizni mas’uliyatli musobaqalar kutmoqda. Biz har bir turnirga jiddiy tayyorlangan holda yurtimiz sha’nini har doim munosib himoya qilishga intilamiz", - deb o‘z fikrlarini bildirdi terma jamoa ustozi Bahrom Norsafarov.

Uchrashuv yakunida “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasida oltin medallarga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi a’zolari mukofotlandi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:49, 29.11.2019.
O'qildi: 2265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.