Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Unai Emeri "Arsenal" klubiga xayrlashuv xatini yozib qoldirdi

Unai Emeri "Arsenal" klubiga xayrlashuv xatini yozib qoldirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri jamoaga xayrlashuv xatini yozib qoldirdi.

"Arsenal" klubini bosh murabbiy sifatida boshqarish men uchun sharaf.

Barcha muxlislarga chin qalbimdan raxmat aytaman. Ular menga “Arsenal”ning buyuk klub ekanligini his qilishimga yordam berishdi. Dunyoning barcha nuqtasida qo‘llab-quvvatlaganlarga, "Emireyts" stadionida turib ishqibozlik qilganlarga, yomg‘irda va sovuqda o‘yindan keyin men bilan ko‘rishmoqchi bo‘lganlarning barchasiga rahmat aytaman. Barchangizga “Arsenal” klubiga ishtiyoq, sadoqat va g‘ayrat bilan ishlaganimni aytmoqchiman.

Shuningdek, “Arsenal” klubining barcha a’zolariga alohida rahmat aytmoqchiman, ular men bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lishdi. "Arsenal" klubinning buyukligi direktor, rahbariyat a’zolari, ishchi-xodimlariga, yordamchilarga va jamoatchi xodimlarga rahmat aytmoqchiman.

Xususan, Ivan Gazidis, Raul Sanllexi, Edu va Vinay Venkateshamlarga meni klubda yaxshi kutib olishgani uchun va do‘stoni yordam uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Mening so‘nggi ish kunimgacha hurmat va halollik bilan munosabatda bo‘lishdi. Va albatta, Kronka oilasi menga ishonch bildirgani uchun alohida rahmat aytaman.

Bir yarim yil mobaynida hissyotlarga, ajoyib lahzalarga va boshqa achchiq his-tuyg‘ularga to‘la bo‘ldi. Lekin men har kuni ushbu futbolchilar va ushbu klubda birga ishlashdan qanchalar baxtiyor ekanligimni unutmadim.

Futbolchilar “Arsenal” libosini hurmat bilan kiyishgan. Ular muhlislarning olqishlariga haqlidir.

Men futbolda juda ko‘p narsalarni o‘rganganman. Ammo, menga Angliyada ishlash yoqdi va bu yerda yanada ko‘proq narsalarni o‘rgandim", - dedi Emeri.

Kiritildi: 10:03, 30.11.2019.
O'qildi: 4583 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.