Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Superliga. «Andijon» - «Qizilqum» uchrashuvi ham ertaga qoldirildi

Superliga. «Andijon» - «Qizilqum» uchrashuvi ham ertaga qoldirildi

Baho:
+ | -1

Superliganing 26-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv quyuq tuman tufayli ertaga qoldirildi.

Rasmiylar Andijonda bo‘lib o‘tayotgan «Andijon» - «Qizilqum» o‘yinining 52-daqiqasida to‘xtatishga qaror qilishdi. Tuman tufayli davrozalar va to‘pning ko‘rinishi qiyinlashib ketgan. Bu paytga kelib hali hisob ochilmagan edi.

Reglamentga asosan uchrashuv rasmiylari o‘yinni dastlab 30 daqiqaga, tuman tarqalmagach, yana 30 daqiqaga kechiktirishdi. Biroq tuman yanada quyuqlashib ketgach, bahsni ertaga qoldirish haqida qaror qabul qilindi.

Demak, «Qo‘qon-1912» - «Qizilqum» uchrashuvi 1 dekabr kuni soat 12:00dan boshlab, o‘yinning 52-daqiqasidan davom ettiriladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:31, 30.11.2019.
O'qildi: 3058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик