Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Superliga, 26-tur. «Andijon» - «Qizilqum» (tarkiblar)

Superliga, 26-tur. «Andijon» - «Qizilqum» (tarkiblar)

Baho:
+1 | -

Bugun Andijon shahridagi markaziy "Sog‘lom Avlod" stadionida "Coca Cola" Superligasining 26-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan "Andijon" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv davom ettiriladi.

Aslida uchrashuv kecha bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo, uchrashuvning 52-daqiqasida tumanning keskin quyuqlashib ketganligi sababli, ko‘rish darajasi pastlab ketdi va uchrashuv rasmiylari Reglamentga asosan o‘yinni 30 daqiqaga qoldirishdi.

Ammo, oradan 30 daqiqa o‘tgach, vaziyat yaxshilanmadi, natijada yana 30 daqiqa kutildi. Biroq, tuman quyunlashgani sari quyunlashdiki, ammo, ko‘tarilmadi.

Natijada uchrashuv nazoratchi, komissari va bosh hakami O‘zPFLdagi rasmiylar bilan maslahatlashgan holda, har ikki klubga o‘yinni 1 dekabr soat 12:00da davom ettirishi taklifini o‘rtaga tashladi. Klublar bunga rozilik berishdi va shu tariqa o‘yin qoldirildi.

Bugun soat 12:00da "Andijon"-"Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv "Sog‘lom Avlod" stadionida soat 12:00da o‘yinning 52-daqiqasidan davom ettiriladi.

Kecha sotib olingan chiptalar o‘z kuchida qoladi va stadionga bemalol kirish mumkin.

Jamoalarning kechagi o‘yin uchun taqdim etilgan boshlang‘ich tarkiblari o‘zgarmaydi.

Superliga, 26-tur. 12:00
«Andijon» - «Qizilqum» - 0:0 (52-daqiqadan so‘ng)
"Andijon": Akmal Ortiqov, Boburjon Akbarov, Ildar Mamatkazin, Xushnud Avilov, Farhod Miraxmatov, Farhod Bekmuratov, Dilshod Rahmatullayev, Qahramov Bahodirov, Abdurahmon Abdulhaqov, Ro‘zimboy Ahmedov, Shahzodbek Ubaydullayev.
"Qizilqum": Artyom Makosin, Akmal Rustamov, Alisher Sanoyev, Fayzulla Qambarov, Peter Steven, Muhsinjon Ubaydullayev, Azizbek Usmonov, Ruslan Magdiyev, Vohid Shodiyev, Mate Vatsadse, Doston Ibragimov.
Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Rishat Nugmanov, Shoxrux A’zamov, Abdurashid Xudayberganov.
Nazoratchi: Andrey Tambovsev.
Komissar: Oybek Yunusov

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 11:10, 01.12.2019.
O'qildi: 1725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик