Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"Andijon": "Barchaga minnatdorchilik bildiramiz!"

"Andijon": "Barchaga minnatdorchilik bildiramiz!"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun ko‘z ochib yumguncha "Coca Cola" Superligasi rasman o‘z yakuniga yetdi. Yil mobaynida biz bir qator qiziqarli va keskin kurashlarga boy uchrashuvlar guvohiga aylandik.

Joriy mavsumda Superligaga qaytgan "Andijon" jamoasi turnir jadvali yakuniga ko‘ra, 10-o‘rin bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.

Yil boshida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abduraxmonovning tashabbusi bilan Andijon shahridagi "Sog‘lom avlod" stadioni qayta rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ko‘rinishga olib kelindi. Stadionga ulkan hajmdagi so‘nggi zamonaviy elektron tablo va maydon chetiga elektron reklama bannerlari o‘rnatildi, maydon zamonaviy holatga kelishi uchun Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidan tayyor maysa olib kelishdi, "Sog‘lom Avlod" stadioni o‘rindiqlari zamonaviysiga almashtirildi, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida, tribunaning ustidagi yopqich (leksan)lar yangisiga almashtirildi, xullas, stadion uchun barcha narsalar yangilandi va stadion zamonaviy ko‘rinishga olib kelindi.

Yil mobaynida "Andijon" jamoasini moddiy va man’aviy qo‘llab-quvvatlab turgani uchun Andijon viloyati hokimi, "Andijon" futbol klubi prezidenti Shuhratbek Qo‘shaqbayevich Abdurahmonovga jamoamizning barcha a’zolari va minglab muxlislari nomidan rahmat aytamiz!

Andijon shahridagi "Sog‘lom Avlod" stadionida bo‘lib o‘tadigan barcha uchrashuvlarda issiqni issiq, sovuqni sovuq demay, o‘z ishlarini sidqidildan bajargan, hakamlar, jamoalar va muxlislarning xavfsizligini ta’minlagan Andijon viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasining barcha a’zolariga va "Milliy Gvardiya" a’zolariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

"Sog‘lom Avlod" stadionida bo‘lib o‘tadigan har bir tadbirlarda munosib qatnashib kelayotgan Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va RSHTYOIM Andijon viloyati filialining barcha xodimlariga tashakkur bildiramiz!

"Sog‘lom Avlod" stadionining yil mobaynida yorug‘ligini ta’minlab bergani uchun Andijon viloyati elektr tarmoqlari korxonasi rahbariyati va ishchi-xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz.

Superliga Reglamentiga asosan har bir stadionda o‘t o‘chirish xodimlari bo‘lishi shart va shu shartga ko‘ra, "Sog‘lom Avlod" stadionida bo‘lib o‘tgan "Andijon" jamoasining har bir uy uchrashuvlariga shay holatda turgan Favqulodda Vaziyatlar Vazirligiga va Andijon viloyati Yong‘in Xavfsizlik Boshqarmasi a’zolariga o‘z tashakkurimizni izhor etamiz!

Eng asosiysi, sovuq va issiq havodagi o‘yinlarni hoh Andijonda bo‘lsin, hoh safarda bo‘lsin "Andijon" jamoasini yolg‘izlatib qo‘ymagan, O‘zbekistonda birinchi raqamli fan-klub ekanligini amalda isbotlagan Nodirbek To‘ychiyev boshchiligidagi "Andijon" jamoasi muxlislar guruhi a’zolariga va "Andijon"ning minglab muxlislariga jamoamizning barcha a’zolari nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Shuningdek, "Sog‘lom Avlod" stadioni ma’muriyati va ishchi-xodimlariga, Bo‘ston dahasidagi "Bolalar va o‘smirlar futbol maktabi" ma’muriyatiga ham o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Keyingi futbol mavsumida ko‘rishguncha, sog‘ bo‘linglar, "Andijon" jamoasiga befarq bo‘lmagan aziz hamshaharlar!

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 18:07, 01.12.2019.
O'qildi: 3892 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.