Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Lionel Messi: «Jamoa maqsadlari sari ishlashda menga shaxsiy sovrinlar shart emas»

Lionel Messi: «Jamoa maqsadlari sari ishlashda menga shaxsiy sovrinlar shart emas»

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi o‘zining oltinchi «Oltin to‘p»ini qabul qilib olganidan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Avvalo menga ovoz bergan jurnalistlarga minnatdorchilik bildiraman. G‘alabalar va mag‘lubiyatlar bilan o‘tgan ajoyib yilni o‘tkazishda menga yordam bergan klub va termadagi jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Siz ham mazkur e’tirofning bir qismisiz.

Shaxsiy va sportdagi hayotimdan roziman. Yildan yilga yaxshi bo‘lishga harakat qilyapman. Eng yaxshi bo‘lish uchun ishlashdan to‘xtamayman.

Individual sovrinlar – bu muhim e’tirof bo‘lib, ammo ular hamisha ikkinchi darajali bo‘lib qoladi, asosiysi jamoaviy yutuqlar. Men har yili shunga intilaman. Men hamisha sovrinlar uchun kurashga tayyorlaman, ammo ba’zida rejam amalga oshadi, ba’zida esa — yo‘q.

Men uchun tarixning, klubim tarixining bir qismi bo‘lish — sharaf. Biz jahonning eng yaxshi jamoalaridan biri ekanimizdan faxrlanaman. «Oltin to‘p» kabi sovrinlar klubning darajasini oshiradi.

Mazkur e’tirof uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz uchun bu muhim kun. Bugun xursandchilik qilamiz, keyin esa oldinga qarab intilamiz.

Ushbu sovrin yanada kuch bilan ishlashga yordam beradi. Lekin jamoa darajasidagi sovrinlarni yutish maqsadida ishlashda davom etish uchun menga individual sovrinlar shart emas. Biz odatdagidek yana urinib ko‘ramiz, umid qilaman, bu safar omadimiz keladi», – dedi Messi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:44, 03.12.2019.
O'qildi: 6594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик