Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Ronalduning opasi van Deykdan nega norozi bo‘ldi?

Ronalduning opasi van Deykdan nega norozi bo‘ldi?

Baho:
+ | -

Ronalduning opasi Katya Aveyru "Oltin to‘p"ni topshirish marosimida "Liverpul" futbolchisi Virjil van Deykning Ronaldu haqidagi hazilidan norozi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, van Deyk Krishtianuning marosimga kelmagani haqidagi savoliga quyidagicha javob qaytargandi: "U bizga raqibmi?". 

"Qanday kamtarlik. Ha, Ronaldu garchi muhim sovrinlarni, shaxsiy sovrinlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, ushbu sovrinni olmasligi aniq edi. Janob Virjil, siz turgan joyda Ronaldu ming marta bo‘lgan. Siz yaqinda ko‘zga ko‘rinib qoldingiz va hech narsa yutmadingiz, Ronaldu esa uch karra chempion, eng yaxshi futbolchi va o‘zi o‘ynagan chempionatlarda to‘purar bo‘lgan. O‘sha paytda u sizdan yosh edi.

Keyin "Real"ga o‘tdi va bu klubning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi. Siz bu nomni bilasizmi, janob Virjil? Katta ehtimol bilan bilasiz. Chunki Ronaldu aynan shu klub bilan Chempionlar ligasi finalida sizni mag‘lub etdi. U 5 marta "Oltin to‘p" olgan, terma jamoa bilan aynan siz o‘ynayotgan terma jamoani Millatlar Ligasida mag‘lub etgan.

Janob Virjil, Krishtianu o‘tgan mavsumda siz butun faoliyatingiz davomida qo‘lga kiritgan sovrinlardan ko‘proq sovrin yutdi. Agar siz ham biror arzirli yutuq sohibiga aylansangiz, Ronaldu bilan bir stolda o‘tirarsiz", deb yozdi Aveyru. .

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 14:28, 03.12.2019.
O'qildi: 11195 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.