Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Toshkentda klublar salohiyatini oshirish mavzusida FIFA seminari bo‘lib o‘tdi

Toshkentda klublar salohiyatini oshirish mavzusida FIFA seminari bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining Osiyo futbol konfederasiyasi va FIFA bilan aloqalari yanada rivojlanib, tobora yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda.

Natijada jahonning tajribali mutaxassislari tomonidan yurtimizdagi futbol sohasi vakillarining malaka va mahoratini oshirish bo‘yicha qator seminar va uchrashuvlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 2 va 3 dekabr kunlari O‘FA binosida Klublar salohiyatini oshirish mavzusida FIFA seminari bo‘lib o‘tdi. Superliga klublari rahbarlari, moliya va marketing, muxlislar bilan ishlash bo‘limlari vakillari, shuningdek, hududiy futbol akademiyalari direktorlari hamda hududiy futbol assosiasiyalari vise-prezidentlari ishtirok etgan seminar davomida mahalliy mutaxassislar FIFAning tajribali konsultantlari ma’ruzalarini tinglab, o‘z sohalaridagi so‘nggi innovasiya va yangiliklardan boxabar bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

FIFAning hududiy rivojlanish masalalari bo‘yicha menejeri Essam Al-Suhibani, hududiy rivojlanish masalalari bo‘yicha loyihalar koordinatori Andrey Vashkevich, FIFA konsultantlari – Benjamin Tan, Charli Boshamp kabi ma’ruzachilar zamonaviy futbol tuzilmalari, klublar, ularning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlar, klublarda faoliyat olib boruvchi kadrlarning ko‘nikma va mahoratini oshirish, katta darajadagi futbol uchrashuvlarini o‘tkazish, media-marketing sohalarining faolligini ta’minlash, ayniqsa homiylar va muxlislar bilan ishlash, stadionlarga imkon qadar ko‘proq muxlis jalb etishdagi nozik jihatlar hamda jahon miqiyosida muvaffaqiyatga erishgan yetakchi futbol klublari tajribalari bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini o‘rtoqlashishdi.

Qiziqarli suhbat hamda ochiq muloqot tarzida kechgan seminar davomida jahon tajribasini tatbiq etishda mahalliy shart-sharoit va mavjud resurslardan unumli foydalangan holda yuqori natijalarga erishish, muxlislar hayotiga yanada chuqurroq kirib borish, ularning klubga daxldorligini va klub faoliyatida ko‘proq ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi. Klublarimizning o‘z brendini yaratishda marketing sohasi vakillarining faolligini yanada oshirish, imkon qadar muxlislarga ko‘proq ma’qul bo‘ladigan loyiha va dasturlarni tashkil etish muhim ekani bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Samarali tarzda o‘tgan seminar yakunlariga ko‘ra ishtirokchilar yangi bilim va ko‘nikmalaridan kelasi mavsumda keng foydalanishlarini bildirishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:50, 03.12.2019.
O'qildi: 2144 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.