Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Rustami Imomali birgalikda futbolni rivojlantirishni taklif qildi

Rustami Imomali birgalikda futbolni rivojlantirishni taklif qildi

Baho:
+ | -

Dushanbe shahri raisi Rustami Imomali boshchiligidagi delegasiya poytaxtimizda mehmon bo‘lib turibdi. Ushbu tashrifning ikkinchi kunida mehmonlar shahrimizdagi "Milliy" stadionga ham borishdi. Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida joylashgan mazkur o‘yingoh 50dan ortiq sektorlarga ega va 34 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Delegasiya a’zolari stadiondagi sharoitlarni ko‘zdan kechirish davomida futbolchilar va tomoshabinlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishishdi. Stadiondagi "Futbol tarixi" muzeyidagi eksponatlar va o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov bilan uchrashuvdan delegasiya a’zolari, ayniqsa, mamnun bo‘ldilar. Rustami Imomali muzeyni tomosha qilar ekan “Paxtakor” jamoasida to‘p surgan tojikistonlik faxriy futbolchi Nuriddin Amriyevning fotosuratlarini ham ko‘zdan kechirdi. O‘zaro muloqot davomida Rustami Imomali Osiyo davlatlari orasida futbolni yanada rivojlantirish, Markaziy Osiyo futbol jamoalari o‘rtasida musobaqalar tashkil etish fikrini bildirdi.



Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, Rustami Imomali 2019 yilning aprel oyidan buyon Markaziy Osiyo Futbol assosiasiyasining Prezidenti hisoblanadi. Samimiy ruhda o‘tgan suhbat jarayonidan Dushanbe shahri raisiga 7-raqamli futbolka va Ravshan Ermatovning dastxati tushirilgan sariq va qizil kartochkalar sovg‘a qilindi.



Dushanbe shahri raisi Rustami Imomali boshchiligidagi delegasiya a’zolari Samarqandga uchib ketdilar.

Manba: tashkent.uz
Kiritildi: 20:57, 04.12.2019.
O'qildi: 3213 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик