Angliyaning "Liverpul" klubi himoyachisi Virdjil Van Deyk "Everton" (5:2) klubi ustidan qozonilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Biz o‘yinni juda yaxshi o‘tkazdik. Uchrashuvning ko‘p qismini xotirjam o‘tkazdik, lekin hujum chizig‘ida juda xavfli ko‘rindik. Divok Origi fantastik o‘yin namoyish etdi, – futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.