Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘FA va “Ucell” savdo belgisi o‘zaro hamkorlik qiladi

O‘FA va “Ucell” savdo belgisi o‘zaro hamkorlik qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“COSCOM” MCHJ (“Ucell” savdo belgisi) hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Mazkur Memorandumnining imzolanishidan ko‘zlangan asosiy maqsad – sportni, xususan futbolni aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda ish olib borishdan iborat.

O‘z o‘rnida “Ucell” savdo belgisi yurtimizda futbolning rivojlanishi tarafdori sanaladi. Kompaniya ko‘plab ijtimoiy loyihalarda ishtirok etib, yoshlarning sport, ayniqsa futbol bilan keng shug‘ullanishini targ‘ib etib keladi.

Endilikda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi “Ucell” savdo belgisi bilan birgalikda yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov mazkur hamkorlik har ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishini aytib o‘tdi:

- Ucell kompaniyasi men uchun begona emas, ular bilan avval ham samarali hamkorlik qilganmiz. Lekin, u shaxsiy hamkorlik edi. Endigisi esa o‘zbek futboli uchun manfaatli bo‘ladi, deb o‘ylayman. Albatta, bugungi futbolga zamonaviy texnologiyalar kirib kelayotgan paytda O‘FAning Ucelldek kommunikasiyalar olamida katta tajribaga ega kompaniya bilan hamkorlik qilishi juda muhim. Ishonamanki, hamkorlik ikki tomon uchun ham foydali bo‘ladi, - deya ta’kidladi O‘FA Birinchi vise-prezidenti.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:07, 07.12.2019.
O'qildi: 1742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик