Oldinroq xabar berganimizdek, poytaxtimizda Konstitusiya bayramiga bag‘ishlab “Bunyodkor kubogi” xalqaro musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Unda Azamat Abduraimov ustozligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Guruh bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yarim finalda Andijon futbol akademiyasi bilan bahs olib bordi. Qiziqarli ko‘rinish olgan bellashuv 4:1 hisobida Azamat Abduraimov shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa, terma jamoamiz musobaqa finaliga yo‘l oldi.
«Bunyodkor kubogi». Yarim final
O‘zbekiston o‘.t.j. – Andijon FA 4:1
Gollar: Muhammadali O‘rinboyev, Shahzod Imomov, Isroil Tursunboyev, Murodjon Komilov.
O‘zbekiston o‘.t.j.: Umar Rustamov, Niyorbek Rajabaliyev, Aziz Toshpo‘latxonov, Abdulloh Omonaliyev, Behruz Mahmudov, Ziyod Hamzayev, Muhammadali O‘rinboyev, Shahzod Imomov, Danila Ni, Aziz Iskanov, Iskandar Soliyev.
Zaxira: Dilrux Aliyev, Boburjon Abdusalomov, Murodjon Komilov, Diyor Rashidov, Alisher Mo‘minov, Rovshan Xayrullayev, Husan Umrzoqov, Isroil Tursunboyev.